Matbuot sharhlari 27.10.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2056541
Matbuot sharhlari 27.10.2023

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g'anning Yevropa Ittifoqiga murojaati: Otashkesim uchun yana qancha bola o'lishi kerak? Sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Isroilning G’azoga uyushtirgan hujumlariga munosabat bildirgan Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yevropa Ittifoqiga murojaat qilib, “G’azoga yana qancha tonna bomba tushishi kerak, o’t ochishni to’xtatish chaqirig’i uchun yana qancha bola o’lishi kerak?” dedi.

 

Star gazetasi: “Turkiyadan JSSTga "G'azo" chaqiruvi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusga yo'llagan maktubida, "Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti G'azoda sog'liqni saqlash xizmatlari xavfsizligini kafolatlash uchun o'zining rahbariyat mas'uliyati va shoshilinch zarur choralarni ko'rishi kerak", degan ifodalarga o’rin berdi.

 

Xabar turk gazetasi: “Erdo‘g‘an: Turkmanistonni to‘laqonli a’zo sifatida ko‘rmoqchimiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv yakunlari bo’yicha qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi.

“Turk Davlatlar Tashkilotiga kuzatuvchi a’zo bo’lgan Turkmanistonni oilaviy kengashimizda to’laqonli a’zo sifatida ko’rishni xohlayotganimizni alohida ta’kidlamoqchiman” dedi Erdo’g’an anjumanda so’zlagan nutqida.

 

Sabah gazetasi: “Vazir Kajir, "Biz dunyoda birinchimiz" dedi”sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir, Turkiya harbiy uchuvchisiz havo vositalari ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinda ekanini ma'lum qildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Milliy jangovar samolyot KAAN ning birinchi parvoziga sanoqli kunlar qoldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy jangovar samolyoti KAAN birinchi parvozi oldidan muhim bosqichlardan birini muvaffaqiyatli yakunladi. KAAN to'liq uzunlikdagi sinovda unga qo'llaniladigan yuklarga nisbatan chidamliligini ko'rsatdi. Dekabr oyi boshida sinovlarning ikkinchi bosqichida o’tadigan samolyotning dastlabki parvozida sanoqli kunlar qoladi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar