Matbuot sharhlari 24.10.2023

Qatarda joylashgan Al-Jazira Turkiya haqida ajoyib tahlil qildi. Hamas bilan ham, Isroil bilan ham aloqada bo’lgan kam sonli davlatlardan biri Turkiya doimiy tinchlik uchun muzokaralar olib borishni istaydi” dedi.

2054859
Matbuot sharhlari 24.10.2023

 

Matbuot sharhlari 24.10.2023

Yenishafak "Al-Jaziradan ajoyib Turkiya tahlili"

Qatarda joylashgan Al-Jazira Turkiya haqida ajoyib tahlil qildi.

Hamas bilan ham, Isroil bilan ham aloqada bo’lgan kam sonli davlatlardan biri Turkiya doimiy tinchlik uchun muzokaralar olib borishni istaydi” dedi.

  Tahlilda Turkiya uchun "dunyodagi eng hal bo'lmaydigan to'qnashuvlardan biriga doimiy tinchlik olib kelish uchun potentsial vositachi" sifatidagi iboralar ishlatilgan.

"Turkiyadan G'azoga yordam xabari"

Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Ko’ja Misrga yetib borgan G'azo uchun yordam materiallarini olib ketayotgan samolyotlar haqida bayonot berdi.

  "Biz millatimiz nomidan bu mas'uliyatni bajarayotganimizdan xursandmiz. Bizning insonparvarlik mas'uliyatimiz shu bilan tugamaydi, bundan ko'proq narsa bor". Deya ifoda etdi.

Sabah gazetasi “Fidan: Kavkazda yechim topishning yoʻli tinchlik shartnomasidir”

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Eronning poytaxti Tehronda bo'lib o'tgan Janubiy Kavkaz mintaqaviy hamkorlik platformasi yig'ilishida ishtirok etdi.

Turkiyaning Kavkazda doimiy tinchlikni ta'minlash uchun mintaqaviy muammolarni muloqot orqali hal etish tarafdori ekanini ta'kidladi.

  Fidan, “Mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka erishish yo’li Ozarbayjon bilan Armaniston o’rtasida imzolangan keng qamrovli tinchlik kelishuvidan o’tadi” dedi.

Haberturk "Shvetsiyaning NATO a'zoligi Turkiya Buyuk Millat Majlisida"

Shvetsiyaning NATOga kirish protokoli Prezident Rajap Tayyip Erdog'an tomonidan imzolanib, Turkiya Buyuk Millat Majlisiga yuborildi.

Hurriyet "Gabarda ishlab chiqarilgan kunlik neft miqdori"

Turk Petrol Aksiyadorlik Hamkorligi, Shirnakning Gabar tog'ida joylashgan neft konida kunlik 25 ming barrel neft ishlab chiqarishga erishilganini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot

Aloqador xabarlar