Matbuot sharhlari 23.10.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2054334
Matbuot sharhlari 23.10.2023

 

Xabar turk gazetasi: “G'azoga dori va tibbiy buyumlar olib ketayotgan prezident samolyoti Misrga yetib keldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyadan G’azoga dori-darmon va tibbiy buyumlar ortilgan Prezident samolyoti 20 nafar shifokor bilan Misrga yetib keldi.

 

Sabah gazetasi: “Vazir O’mer Bo’latdan Turkiya iqtisodiyoti haqida bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Savdo Vaziri O'mer Bolat Turkiya 2053-yilda dunyoda iqtisodiyoti rivojlangan 10ta davlat qatoriga kirishini ma’lum qilib, xarid kuchi paritetiga ko'ra esa dunyoning eng yaxshi 5 iqtisodi qatoriga kiritishi maqsad qilinganini bildirdi.

 

Star gazetasi: “Kizilelma va ATAKga urg’u berildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, qurol savdosi bo’yicha eng mantiqli davlat Turkiya ekanini yozgan Nigeriya matbuoti, “Kizilelma” va “ATAK” texnologiyalariga ishora qilib, Nigeriya hukumatining Turkiyada ishlab chiqarilgan “ATAK” vertolyoti borasida kelishuvga erishishi kutilayotganini yozdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiyaning avtomobil eksporti 9 oyda 21 milliard dollarga yetdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning mashinasozlik eksporti joriy yilning 9 oyida 2022 yilning shu davriga nisbatan 10,1 foiz ortib, 21 milliard dollarga yetdi. Aksariyat eksport Germaniya, Rossiya va AQShga amalga oshirildi.

 

Hurriyat gazetasi: “Deniz O’nju Avstraliyada eng yuqori pog'onada” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Red Bull sportchisi Deniz O’nju 2023 yilgi “Moto3” jahon chempionatining 16-turi bo'lgan Avstraliya Gran-prisini shohsupaning birinchi pog'onasida yakunladi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar