Matbuot sharhlari 20.10.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2053403
Matbuot sharhlari 20.10.2023

 

Hurriyat gazetasi: “695 kishi G'azodan evakuatsiya qilishni so'radi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Ahmet Yildiz, 695 kishi G'azodan evakuatsiya qilinishni so’rab murojaat qilganini ma'lum qildi. “Bularning 322 nafari Turkiya fuqarosi, 214 nafari ularning falastinlik yaqinlari, 55 nafari davlat idoralari xodimlari, 104 nafari Shimoliy Kipr Turk Respublikasi fuqarolari” dedi Ahmet Yildiz.

 

Sabah gazetasi: “Milliy mudofaa vazirligidan G’azo bo’yicha bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vazirligi Isroil hujumidan keyin Turkiyaning Falastinga qaratilgan yordam harakatlari haqida bayonot berdi: “Turk Qurolli Kuchlari amalga oshirilishi kerak boʻlgan koʻrsatmalarga muvofiq gumanitar yordam safarbarligi, hamda evakuatsiya jarayonida ishtirok etishga tayyör”,-deyiladi bayonotda.

 

Yeni shafak gazetasi: “Ko’chma suzuvchi shifoxona G’azo uchun tayyor” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, ishg'olchi Isroilning G’azoga g'ayriinsoniy hujumlari davom etar ekan, Turkiya Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja mintaqaga kasalxona kemalarini yuborishga tayyor ekanini ma'lum qildi.

 

Vatan gazetasi: “Turkiyaning Isroil-Falastin o’rtasida vositachilik taklifiga Rossiyadan munosabat” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning ba'zi davlatlar Falastin nomidan kafil, ba'zi davlatlar esa Isroil nomidan kafil bo'lgan yangi tuzilma bilan urushni to’xtatish bo’yicha taklifiga Rossiya ijobiy munosabat bildirdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Isroil-Falastin mojarosini hal qilish bo’yicha Turkiya taklif qilgan “kafil davlatlar” formulasini muhokama qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

 

Star gazetasi: “Britaniya matbuoti: Turkiyani butun dunyo tinglashi kerak” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Isroil-Hamas to'qnashuvi bilan global g'alayonning ortganiga diqqat qaratgan ingliz matbuoti dunyo Turkiyani inobatga olishi kerakligini yozdi.

Britaniya matbuoti "Turkiya xalqaro beqarorlik va hal qilinishi kerak bo'lgan xalqaro muammolar haqida gapirar ekan, dunyo buni hisobga olishi kerak",-degan so’zlarga o’rin berdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar