Matbuot sharhlari 10.10.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2048588
Matbuot sharhlari 10.10.2023

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiya vositachi bo’lishga tayyör” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Isroil va Hamas o’rtasidagi to’qnashuvlar haqida “Adolatli tinchlikning yutqazuvchisi yo'q” dedi. Erdo’g'an, tomonlar talab qilsa, Turkiya har qanday vositachilikka, jumladan mahbuslar almashinuviga ham tayyor ekanini aytdi.

 

Star gazetasi: “Erdog’an tinchlik uchun harakatda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Isroil va Falastin o'rtasidagi taranglikni to’xtatish uchun harakatga tushgan Prezident Erdo'g'anning tashabbus va bayonotlari xalqaro matbuotda keng ovoza bo’ldi. Jahon matbuoti Erdo’g’anning taranglikni yumshatish uchun qadam tashlaganini va "Falastin davlatiga ko’z yumib bo'lmaydi" degan so'ziga urg’u berdi.

 

Sabah gazetasi: “Erdo’g’anning telefon orqali muloqotlari” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Isroil-Falastin ziddiyatiga barham berish uchun bir qator davlat yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi. Jumladan, Isroil Prezidenti Isxak Herzog va Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot qilgan Erdo’g’an, to’qnashuvlarni  darhol to’xtatish va imkon qadar tezroq tinchlik o’rnatishga chaqirdi. Erdo’g’an, Isroil va Falastin o’rtasidagi keskinlik yuzasidan Misr Prezidenti Sisi, Livan Bosh vaziri Mikati, Malayziya Bosh vaziri Ibrohim va Qatar Amiri Al Tani bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya terrorga qarshi kurashda qat’iy” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an chegaralarda terror yo’lagining o'rnatilishiga hech qachon ruxsat bermaymiz dedi. Erdo’g’an, 1-oktyabrdan buyon Iroq va Suriya shimolida olib borilgan harbiy amaliyotlar natijasida jami 194 ta terror ob’yekti bartaraf etilganini, 162 nafar terrorist yo’q qilinganini ma’lum qildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiyadan Afg’onistonga insonparvarlik yordami” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Afg'onistonda 2 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo’lgan dahshatli zilziladan so'ng ushbu mamlakatga yordam qo’lini uzatdi. Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi samolyotida Afg’onistonga insonparvarlik yordami yuborildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar