Matbuot sharhlari 3.10.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2045432
Matbuot sharhlari 3.10.2023

 

Xabar turk gazetasi: “Erdo'g'an: Biz kapital bozorlarimizni aholiga kengaytirishni birinchi o'ringa qo'yamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an 7-Turkiya kapital bozorlari kongressiga yo'llagan murojaatida, "Oxirgi 21 yilda jami 255 milliard dollar xalqaro sarmoya jalb etgan davlat sifatida biz kapital bozorlarimizni yanada chuqurlashtirish va kelgusi davrda bazaga yoyishga alohida ahamiyat beramiz",-dedi.

 

Sabah gazetasi: “Yevropa Ittifoqining Turkiya haqidagi bayonoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Yevropa Ittifoqi Turkiya bilan hamkorlik va oʻzaro manfaatli munosabatlarni davom ettirishga sodiqligini tasdiqladi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Iroq-Turkiya neft quvur liniyasi shu hafta ishga tushadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Iroq-Turkiya neft quvur liniyasining foydalanishga tayyor ekanligini va bu hafta ichida ishga tushishini bildirdi.

 

Star gazetasi: “Turkiya-Qatar hamkorligi ortib bormoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya va Qatar o'rtasidagi tijoriy hamkorlik ortib bormoqda. Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat, 220 nafar Qatar firmasi Turkiyada muhim loyihalarni amalga oshirganligini ma'lum qilib, "Qatarning Turkiyadagi sarmoyasi 20 milliard dollardan oshdi" dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Yana 2204 ta Togg o’z egalariga topshirildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning mahalliy “Togg” elektromobili savdosida shu yilning sentyabr oyida 2204 ta “T10X” yetkazib berilgan bo'lsa, may oyidan beri jami 5 ming 604 ta TOGG elektromobili o’z egalariga topshirildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar