Matbuot sharhlari 29.09.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2043888
Matbuot sharhlari 29.09.2023

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiya Oliy Majlisi raisi Numan Kurtulmushdan Gretsiya vakiliga qattiq munosabat” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Oliy majlisi raisi Numan Kurtulmush kecha Irlandiya poytaxti Dublinda bo'lib o'tgan Yevropa parlamenti rahbarlari konferentsiyasida, “Turkiya Kiprda, Ozarbayjon esa Qorabog’da ishg’olchi” degan fikrni ilgari surgan Kipr Rum boshqaruvi vakillar palatasi rahbari Annita Demetriouning so’zlariga munosabat bildirdi.

Kurtulmush, “Kiprdagi bosqinchi davlat Turkiya emas, balki 1960-yilda tashkil etilgan qonuniy Kipr Respublikasini bekor qilib, Respublikani bosib olgan Rum tomoni ishg’olchidir”,-dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “1 yanvardan buyon 1351 nafar terrorist yo’q qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vazirligi joriy yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, 1351 nafar terrorist yo’q qilinganini, bulardan 80 nafari oxirgi haftada amalga oshirilganini ma’lum qildi. Shunday qilib, 2015 yilning 24 iyulidan beri yo’q qilingan terroristlar soni 38 ming 694 nafarga yetdi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya Moldovaga tabiiy gaz eksport qiladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyadan Moldovaga kuniga 2 million kub metr tabiiy gaz eksporti bo'yicha kelishuvga erishildi.

 

Star gazetasi: “Gusman: Erdo’g’an shunday kuchli liderki, dunyodagi muhim muammolarga Turkiyasiz yechim topib bo’lmaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Rossiyada Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anning hayoti haqida hujjatli film tayyorlagan jurnalist Mixail Gusman, “Prezident Erdo'g'an shunday kuchli shaxs, shunday kuchli liderki, shu paytgacha Turkiya manfaatlarini va Turkiyaning xalqaro maydondagi rolini shunaqangi ko‘tarib kelganki, dunyodagi barcha muhim muammolarning yechimini Turkiyasiz amalga oshirib bo‘lmaydi”,-dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya universitetlaridan tarixiy muvaffaqiyat” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Xalqaro oliy ta’lim reyting agentligi THE 2024-yilgi Jahon Universitetlar reytingida dastlabki 400 talik orasiga 3ta, dastlabki 1000talik orasiga esa 11ta turk universiteti kiritildi. Turkiyadan jami 75 ta universitet ushbu ro’yxatga kirishga muvaffaq bo’ldi. natijada  Turkiya ushbu ro’yxatda eng ko’p joy egallagan 7-davlat bo'ldi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar