Matbuot sharhlari 27.07.2023

Prezident Erdo’g’an kecha Turkiyaga rasmiy ziyorat qilgan Falastin Prezidenti Abbos va Hamas yetakchisi Heniyye bilan Prezidentlik majmuasida uchrashdi.

2016552
Matbuot sharhlari 27.07.2023

 

Haber Turk gazetasi: Erdo’g’an Falastin Prezidenti Abbos va Hamas yetakchisi Heniyye bilan uchrashdi

Prezident Erdo’g’an kecha Turkiyaga rasmiy ziyorat qilgan Falastin Prezidenti Abbos va Hamas yetakchisi Heniyye bilan Prezidentlik majmuasida uchrashdi.

Saabah : Erdo'g'an Xitoy Tashqi ishlar vaziri Yi qabul qildi

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’anning kecha Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo’mitasi Siyosiy Byurosi a’zosi, Tashqi ishlar bo’yicha Markaziy komissiya direktori va Tashqi ishlar vaziri Vang Yi qabulida  Turkiya-Xitoy munosabatlarining barcha jihatlari muhokama qilindi.

Star: Tashqi ishlar: BMTning muqaddas kitoblar haqidagi qarorini olqishlaymiz

Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida muqaddas kitoblarga nisbatan zo‘ravonlikni xalqaro huquq normalarining buzilishi sifatida tan olgan  va bunday xatti-harakatlarni keskin qoralagan  rezolyutsiya loyihasining qabul qilinishini olqishladi.

Vatan: Turkiya va Tojikiston o'rtasidagi harbiy moliyaviy hamkorlik shartnomasi

Ikki tomonlama uchrashuvlar bo'lib o'tgan Xalqaro Mudofaa Sanoati Ko'rgazmasida (IDEF) Turkiya bilan Tojikiston o'rtasida moliyaviy hamkorlik shartnomasi va nakdi yordam amaliyoti protokoli imzolandi.

  Bayonnomani Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler va Tojikiston mudofaa vaziri general Sherali Mirzo imzoladi.

Hurriyet: Hamkorlik shartnomasi 100 ming kishini ish bilan ta'minlaydi

Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Anqaradagi elchisi Said Sani ez-Zahiriy, 1-sentabrda kuchga kiradigan Turkiya-BAA keng qamrovli iqtisodiy hamkorlik shartnomasi bilan Turkiyada 100 ming kishi ish bilan ta’minlanishini aytdi.

 

 

 








 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar