Matbuot sharhlari 4.07.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2006526
Matbuot sharhlari 4.07.2023

 

Xabar turk gazetasi: “Erdo’g’an: Qur’onni yoqish erkinlik degani emas”  sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an kecha bo’lib o’tgan Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidan so’ng televideniye orqali xalqqa murojaat qildi.

Shvetsiyada Qur'onning yoqib yuborilganiga munosabat bildirgan Erdo’g’an: "Boshqa dindagi cherkov, sinagoga yoki ibodatxonaga o‘t qo‘yish erkinlik bo‘lmaganidek, Qur’onni yoqish ham erkinlik bo‘lishi mumkin emas”,- dedi.

 

Star gazetasi: “Yevropa matbuoti “Buni faqat Erdo’g’an uddalay oladi” deb yozdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Yevropa matbuotida Ukraina-Rossiya urushini to’xtatish uchun vositachilik vazifasini zimmasiga olishga kimning qodir ekani haqida chop etilgan maqolada, “Buni faqat Erdo’g’an uddalay oladi” degan so’zlarga o’rin berildi.

 

Hurriyat gazetasi: “Savdo vazirligi eksport ko’rsatgichlarini e’lon qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, kecha Savdo vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Turkiyaning iyun oyida eksporti 20,9 milliard dollarni tashkil etdi. Taʼkidlanishicha, bu koʻrsatkich 2023-yilning dastlabki 5 oyidagi oʻrtacha oylik koʻrsatkichdan yuqori.

 

Sabah gazetasi: “Milatovich: Turkiya bilan iqtisodiy hamkorlikni kuchaytiramiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Chernogoriya Prezidenti Jakov Milatovich Turkiya bilan Chernogoriya o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning ahamiyatiga to’xtalib, “Turkiyaga rasmiy tashrifim chog’ida ikki davlat delegatsiyalarining rejalangan yig’ilishi orqali iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaymiz” dedi.

 

Vatan gazetasi: “ANKA-3ga tanker xizmati” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya ishlab chiqargan eng qimmatli uchuvchisiz havo vositalaridan biri bo'lgan ANKA-3 arxitektorlari, ushbu vositadan 'tanker samolyoti' sifatida ham foydalanish mumkinligini aytdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar