Matbuot sharhlari 03.07.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2006048
Matbuot sharhlari 03.07.2023

 

Hurriyat gazetasi: “Butun nigohlar Erdog’anga qaratildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Gretsiya matbuoti Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'anning qizg'in diplomatik faoliyatini yaqindan kuzatib bormoqda. ERT News gazetasida chop etilgan xabarga ko'ra, Erdo'g'an 11-12 iyul kunlari Litva poytaxti Vilnyusda bo'lib o'tadigan NATO sammitida ishtirok etadi, Fors ko'rfazi davlatlariga, jumladan Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyuradi. Sentyabrda Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi anjumanida ishtirok etish uchun AQShga safar qiladi.

 

Star gazetasi: “Turkiyaning munosabati Shvetsiyani chora izlashga undadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyadan NATOga a'zo bo’lish uchun rozilik kutgan Shvetsiya hukumati poytaxt Stokgolmda Qur'on yoqib yuborilganidan keyin chora ko'rdi. Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda provokatsion harakatni amalga oshirgan shaxsning xorij fuqarosi ekanligi qayd etildi. Bu kabi holatlarga qarshi chegara nazorati kuchaytirilgani bildirildi. Bu kabi tahdidlarni oldini olish chora-tadbirlari kuchaytirilgani bildirildi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya koinotda o'z o’rnini egallaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Amerika Milliy Kosmonavtika va Koinot Boshqarmasi (NASA) tomonidan 11 yildan beri uyushtirilgan Space Apps Challenge-Xalqaro kosmik loyihalar tanlovining manfaatdor tomonlaridan biri bu yil Turkiya Koinot Agentligi (TUA) bo'ldi. Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir, "Koinot texnologiyalariga ko'proq sarmoya kiritamiz" dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Rekordlar yangilangan bayram” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralog'lu, Antaliya va Trabzon aeroportlari Qurbon hayiti arafasida yo'lovchilar soni bo’yicha rekordini yangilaganini ma'lum qildi. Vazir Uraoğlu, “Bu bayram rekordlar yangilangan bayram bo’ldi. Ko'rsatilgan xizmatlarning samarasini ko’ryabmiz. Biz investitsiyalar va xizmatlarimizni yanada oshirishda davom etamiz”,-dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Hakkarida terrorga chek qo’yildi, festivallar boshlandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Hakkari tog'lari terror tashkiloti PKKdan tozalanib, shaharda tinchlik hukm surmoqda. Milliy bog'lar deb e'lon qilingan 4 ming 135 metr balandlikdagi Jilo tog'i va Sat muz ko'lida yaratilgan tinch muhit tufayli madaniy tadbirlar, san'at va sport festivallari tashkil etilmoqda. Bu yil o'tkazilgan 5-Jilo Festivaliga minglab odamlar tashrif buyurdi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar