Matbuot sharhlari 22.06.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2002911
Matbuot sharhlari 22.06.2023

 

Star gazetasi: “Energy Intelligence tomonidan e'tiborga molik tahlil” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Amerika Qo’shma Shtatlarida faoliyat ko’rsatgan Energy Intelligence gazetasi 14-28 may kunlari Turkiyada bo’lib o’tgan saylovlarga to’xtalib, Prezident Rajab Tayyip Erdo’g’anning g’alabasi haqida maqola yozdi. Turkiyaning mustaqil tashqi siyosatiga e'tibor qaratilgan maqolada “Erdo’g'an hukumatni boshqarish davrida Yevropa va AQSh manfaatlaridan mustaqil va o'z yo'nalishini belgilagan Turkiya tashqi siyosatini yaratdi”,-degan ifodalarga o’rin berildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya, Rossiya va Eron YPG/PKKni qo’llab-quvvatlagan davlatlarni qoraladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, kecha Qozog‘iston poytaxtida Ostona muzokaralarining 20-raundi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yakunida Rossiya, Turkiya va Eron qo‘shma bayonot qabul qildi. Bayonotga ko'ra, Turkiya, Rossiya va Eron PKK/YPGni qo'llab-quvvatlayotgan davlatlarning Suriya shimoli-sharqidagi harakatlarini qoraladi.

 

Sabah gazetasi: “Vazir Urao’g'lu o’z maqsadini e’lon qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo'g'li, "2025 yilda milliy tezyurar poyezdimizni yo'lovchi xizmatiga topshirishni maqsad qildik" dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Antaliyadan yangi rekord” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Antaliyaga 17-iyun, shanba kunining o’zida 86 ming 278 nafar yo’lovchi tashrifi va 1081 ta samolyot qo’nishi bilan yangi rekord o‘rnatildi.

 

Vatan gazetasi: “Dengiz ulitkasi eksporti 7,2 million dollardan oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyadan dengiz ulitkasi eksporti joriy yilning yanvar-may davrida 159 foiz ortib, 7 million 235 ming 437 dollarga yetdi. Aksariyat eksport Janubiy Koreyaga amalga oshirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar