Matbuot sharhlari 20.06.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2001772
Matbuot sharhlari 20.06.2023

 

Sabah gazetasi: “Jevdet Yilmaz: Kipr turklari embargolarni birma-bir bartaraf etadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar bilan o'tkazgan qo’shma matbuot anjumanida, "Kipr turklari Turk asrida yillar davomida bu yerlarga qo'yilgan embargolarni birin-ketin yo'q qiladilar" dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Tashqi ishlar vazirligining Isroilga munosabati” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vazirligi G‘arbiy Sohildagi kamida 19 ta shaharchada Isroil hukumati tomonidan e’lon qilingan 4500 ta yangi noqonuniy aholi punktlarini qurish to’g’risidagi rejasini qoraladi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Yangi uchuvchisiz uchish apparati birinchi marta namoyish etildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, TAI tomonidan imzolangan yuk tashuvchi uchuvchisiz uchish apparati Fransiya poytaxti Parijdagi Airshowda namoyish etildi. Yuk tashuvchi UAVlar bilan qurol va o'q-dorilardan tortib yoqilg'igacha, jihozlardan tortib oziq-ovqatgacha turli xil ehtiyojlar tez, xavfsiz va ancha kam chiqim tarzda frontga yetkazilishi mumkin.

 

Xabar turk gazetasi: “Xitoy kompaniyasidan Turkiyaga akkumulyator sarmoyasi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Xitoyning Skywell elektromobil markasini ishlab chiqaruvchi Skyworth, Turkiyada akkumulyatorlar bo’yicha sarmoya kiritishini ma'lum qildi.

 

Star gazetasi: “Turkiya terma jamoasi o'yinda peshqadam” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Yevropa chempionati saralash musobaqalarida “D” guruhidan o‘rin olgan Turkiya futbol terma jamoasi Uels ustidan qozonilgan g‘alaba bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. D guruhida Uelsda bo'lib o'tgan uchrashuvda Turkiya 2-0 hisobida g'alaba qozondi. O'z ballini 9ga ko'targan Turkiya yetakchilikni davom ettirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar