Matbuot sharhlari 19.06.2023

Hurriyet: Vazir Yerlikaya: Bizning kurashimiz terrorizmni tugatish nuqtasiga olib keldi.

2001209
Matbuot sharhlari 19.06.2023

 

Hurriyet: Vazir Yerlikaya: Bizning kurashimiz terrorizmni tugatish nuqtasiga olib keldi.

Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya kecha Shirnakga tashrif buyurgan Chaqirso’gut Jandarm Komando Brigada qo'mondonligida so'zlagan nutqida:"Terrorizmga qarshi kurashimiz, ayniqsa, so'nggi 10 yil ichida olib borgan yo'limiz terrorizmni tugatish nuqtasiga olib keldi." dedi.

Sabah: Jevdet Yilmaz: Erjan aeroportining yangi terminali 20 iyul kuni ochiladi

Vitse-prezident Jevdet Yilmaz, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining (SKTR) Lefko’sha shahridagi Erjan aeroportining yangi terminali 20-iyul kuni ochilishini aytdi.

Star : Turkiyaning ajoyib harakati

Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘li, Zengezur yo‘lagi ishga tushgach, O‘rta koridorning yuk ko‘tarish quvvati ortadi, dedi.  “Mamlakatimizning mintaqadagi strategik mavqeining ahamiyati Ozarbayjonda va Kaspiy dengizida ishlab chiqilishi mumkin boʻlgan loyihalar, Naxchivan va Rossiya bilan transport va energetika sohasidagi hamkorlik bilan ortib boradi”. iborasini ishlatgan.

Vatan: Mahalliy aniqlikdagi HKG-82 ko'rsatma to'plami bilan sinovdan o'tkazilgan otishmada nishon muvaffaqiyatli urildi. Turkiya Ilmiy va texnologik tadqiqot kengashi, Mudofaa sanoati tadqiqot va rivojlantirish instituti (TUBİTAK SAGE) tomonidan ishlab chiqilgan Aniq ko'rsatmalar to'plami-82(HGK-82) bilan nishon muvaffaqiyatli urildi.

Haber Turk: To'rning sultonlari Dominikni 3-1 hisobida mag'lub etdi

Milliy ayollar voleybol terma jamoasi Millatlar ligasida Dominikan Respublikasini 3:1 hisobida mag'lub etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar