Matbuot sharhlari 13.06.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1998779
Matbuot sharhlari 13.06.2023

 

Xabar turk gazetasi: “Erdo'g'an: Bizning yo'l xaritamiz tinchlikka asoslangan” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an, Turkiyaning Gretsiya bilan aloqalaridagi yo'l xaritasi tinchlikka asoslanganini aytdi. “Biz Egey dengizining tinchlik dengizi sifatida dunyoga o’rnak bo’lishini istaymiz”, dedi Erdo‘g‘an.

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g’an: Muzokaralarga qaytish uchun avvalo Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tan olinishi kerak” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an Kiprning qadimiy xalqi bo'lgan Kipr turklari orolda etnik xalq emasligini va hech qachon bo'lmasligini aytdi.

Erdo’g’an, “Agar muzokara stoliga qaytish kerak bo’lsa, buning yo’li Shimoliy Kipr Turk Respublikasining (SHKTR) tan olinishi shart” dedi.

 

Vatan gazetasi: “Tatar Kiprda teng maqomga urg'u berdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, Prezident Erdo'g'an Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga doimo g'amxo'rlik qilganini va bu ularga kuch bag'ishlaganini aytdi. Kiprda ikkita alohida xalq borligini ifoda etgan Tatar, “Orolda faqat suveren tenglik va teng maqomni qabul qilish asosidagina muzokaralarga qaytish mumkin” dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Germaniya mediasidan Erdo’g’anga maqtov” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Germaniya davlat kanalida Prezident Erdo’g’anning yetakchiligi muhokama qilindi. ZDF kanali boshlovchisi Markus Lanz Turkiya qurolli uchuvchisiz havo vositalari (SİHA) hamma joyda, turk SİHAlari esa Suriya, Iroq, Liviya, Ozarbayjon, Ukrainada uchib yurganini aytdi. Boshqacha aytganda, Erdo’g'anning qo’li har joyga yetmoqda” degan ifodalarga o’rin berildi.

 

Star gazetasi: “Turkiya mintaqada hokimiyatni qo’lga oldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Amerika Qo'shma Shtatlarida joylashgan "Breaking Defense" veb-sayti, Turkiya AQShning Janubi-Sharqiy Osiyodagi hukmron mudofaa eksportchisi mavqeini qo'lga kiritish arafasida ekanligini yozdi. Maqolada, Malayziyada bo'lib o'tgan LIMA 2023 mudofaa ko'rgazmasida eng ko'p e'tiborni tortgan davlat Turkiya ekanligi ta'kidlandi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar