Matbuot sharhlari 27.04.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1980205
Matbuot sharhlari 27.04.2023

Vatan gazetasi: Chet eldagi Turk fuqarolari bugun ovoz berishni boshlaydi. Joriy yilning 14-mayi kuni Turkiyada prezidentlik va parlament saylovi bo‘lib o‘tadi. Buning uchun chet eldagi Turk fuqarolari bojxona darvozalari bilan Turkiyaning chet eldagi vakolatxonalarida bugundan e’tiboran ovoz berishni boshladi. Bojxona darvozalarida ovoz berish ishlari 14-may, haftaning yakshanba kuni soat 17:00 ga qadar davom etadi.  

Hürriyet gazetasi: Turkiya G‘arbni PKK borasida ogohlantirdi. Turkiya Prezidentining Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Suriya shimolidagi PKK terrorini qonuniylashtirishga urinayotganlarga munosabat bildirdi. Kalin, “PKK va uning boshqa turlari qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, qaysi bayroq ostida yashirinsa yashirinsin ularni ochiq-oydin nishonga olamiz. Terrorning har qanday turiga, har qanday nuqtada kurashishni davom etamiz”.-dedi.

Sabah gazetasi: TEKNOFEST hayajoni boshlamoqda. Birinchi marotaba 2018-yili uyushtirilgan va millionlab texnologiya shaydolarini uchrashtirishga muvaffaq bo‘lgan dunyoning eng yirik aviatsiya, kosmik va texnologiya festivali TEKNOFEST, bugun shu bilan yettinchi marotaba Istanbulda joylashgan «Ataturk» aeroportida o‘z ishini boshlamoqda. 1-maygacha davom etuvchi ushbu festival, millionlab texnologiya shaydosiga quchoq ochadi.

Yeni Şafak gazetasi: «TÜRKSAT 6A» 2 milliardlik aholini o‘z ichiga oladi. Turkiya ilmiy va texnologik kengashi «TÜBİTAK» rahbari Hasan Mandal, Turkiyaning ilk mahalliy va milliy sun’iy yo‘ldoshi «TÜRKSAT 6A»ning yil oxirida yoki 2024-yilning boshida koinotga uloqtirilishini bildirdi. Muloqotda hudud va aholi jihatidan qamrov maydoni kengayishini ifoda etgan Mandal, «TÜRKSAT 6A», 2 milliard aholini o‘z ichiga oladi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Haber Türk gazetasi: 1 million 100 ming inson soch ektirib, estetika uchun keldi. 2022-yili 1 million 860 mingga yaqin kishi davolanish uchun Turkiyaga keldi. Ular orasida soch ektirish va estetika uchun kelganlar soni 1 million 100 ming atrofida. Bundan tashqari onkologiya, ortopediya, yurak-qon tomir jarrohligi, umumiy jarrohlik, quloq burun, tomoq va neyroxirurgiya, fizioterapiya va EKO yo‘li orqali farzandli bo‘lish kabi turli sohalarda davolanish uchun Turkiyaga kelgan bemorlar ham bor.



Aloqador xabarlar