Matbuot sharhlari 14.02.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1946247
Matbuot sharhlari 14.02.2023

Yeni Şafak gazetasi: “Chavusho‘g‘lu suriyaliklar haqidagi iddiolarga javob berdi”. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishi tufayli Suriyadan Turkiyaga muhojirlar oqimi qayd etilgani haqidagi iddiolarning asossiz ekanini ma’lum qilib: “PKK va YPG nazoratidagi nuqtalarda eshik ochish haqida hech qanday gap yo‘q”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hürriyet gazetasi: 73 yil o‘tishiga qaramay u yordamlarni unutmadilar. Dunyo, o‘z tarixidagi eng yirik yer silkinishidan birini boshdan kechirgan Turkiya uchun safarbar bo‘ldi. Shular qatorida 73 yil muqaddam urush panjasidagi Janubiy Koreyaga askar yuborgan Turkiyani unutmagan Seuldan, e’tiborlarni o‘ziga jalb etgan ajoyib yordam keldi. Davlat rahbari Yoon Suk Yeol, “Qon bog‘i bilan topilgan ittifoq va qardosh xalq” bo‘lgan Turkiya uchun maksimal darajada yordam berilishi ustidan topshiriq berdi.  

Haber Türk gazetasi: NATOdan Turkiyaga birdamlik harakati. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, yer silkinishidan keyin NATO tarkibidagi davlatlar Turkiya bilan yaqin aloqada bo‘lganini qayd etdi.

Sabah gazetasi: Butun dunyo qahramon hamshiralar haqida gapirmoqda. Gaziantepdagi yer silkinishi paytida kasalxonalardan biridagi hamshira ayolning chaqaloqlarni qutqarish uchun inkubatorlar tomon yugurishi, dunyo kun tartibida edi. Britaniyaning Daily Mail gazetasi, “Yirik yer silkinishida muhtasham hamshiralar, chaqaloqlar tebralgan yotoqlar yiqilmasin deb palataga yugurdi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Star gazetasi: Sport olami bir yoqadan bosh, bir yengdan qo‘l chiqardi. Sport olami “asr falokati” deb ta’riflangan va epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishi ortidan Turkiyani qo‘llab-quvvatladi. Chet el klublarida to‘p tepgan turk sportchilardan tashqari bir necha tarmoqdan taniqli sportchilar, dunyo aholisini Turkiyaga yordam berishga chaqirdi. Futbolda esa mashq va rasmiy musobaqalardan avval bir daqiqa sukut saqlandi. Ko‘pgina mashhur futbolchilar, formalarning kimoshdi savdosi orqali sotilishini qo‘llab-quvvatladilar.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kahramanmarash , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar