Matbuot sharhlari 19.09.2024
Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an, kontraktning Turkiyadagi eng kuchli sektorlardan biri ekanligini aytdi. Erdog’an: “Firmalar soni bo’yicha Xitoydan keyin 2-o’rindamiz”. - dedi u.
Hurriyet: “Erdo’g’an: Turkiya pudratchilik sohasida ikkinchi o’rinda”
Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an, kontraktning Turkiyadagi eng kuchli sektorlardan biri ekanligini aytdi. Erdog’an: “Firmalar soni bo’yicha Xitoydan keyin 2-o’rindamiz”. - dedi u.
Yeni Shafak gazetasi: “Erdo’g’an: Turk mahsuloti kirmaydigan davlat qolmadi”
Prezident Erdo’g'an eksportdagi muvaffaqiyatga diqqat qaratdi. Turk mahsuloti kirmaydigan davlat qolmaganini aytgan Erdog'an: “Biz eksportni 36 milliard dollardan 256 milliard dollarga oshirdik deb bildirdi.
Haber Turk: “Turkiya va Shvetsiya o’rtasidagi xavfsizlik mexanizmi yig’ilishi qoldirildi”
Turkiya va Shvetsiya o'rtasida kecha Anqarada o'tkazilishi rejalashtirilgan Xavfsizlik mexanizmi yig'ilishi Shvetsiya vazirlarini olib ketayotgan samolyotda nosozlik tufayli qoldirildi. Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi uchrashuv uchun yangi sana belgilanishini ma'lum qildi.
Vatan: “Turkiyaning Isroil uchun bojxona tizimi yopiq”
"Savdo vazirligida Isroilga eksport yoki import uchun ro'yxatdan o'tgan bojxona deklaratsiyasi yoki Isroildan mamlakatimizga keladigan har qanday yuklar yo'q". Deb bayonot berdi.
Vazirlik "Isroil uchun bojxona tizimi yopildi" degan ma'lumotni tarqatdi.
Star gazetasi: “Turkiya-Misr yaqinlashuvi Liviya uchun ham imkoniyatdir”
Liviya Vakillar Palatasi Spikeri Akila Solih, Turkiya va Misr o'rtasidagi yaqinlashuvni o'z mamlakatidagi inqirozni hal qilish uchun bir imkoniyat sifatida ko'rishini aytdi.
Solih, shuningdek, Turkiya va Misr o'rtasidagi yaqinlashish xorijiy kuchlarning Liviyadan olib chiqib ketilishini osonlashtirganini ta'kidladi.