Matbuot sharhlari 20.09.2024

Turkiya gazetasidan xabarlar...

2189545
Matbuot sharhlari 20.09.2024

 

Star gazetasi: “Fidan: Iordaniya va Misrda urush xavfi bor” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Livandagi vaziyat bilan bog'liq, "Isroilning Livanga qarshi hujumlarini bosqichma-bosqich kuchaytira boshlaganini ko'rib turibmiz”,-dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har doim nafaqat Iordaniya va Misr, balki butun mintaqa ishtirok etadigan urush xavfi bor va Netanyaxu uni tezlatishga qaror qilgan.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiyaning birinchi suzuvchi tabiiy gazni qayta ishlovchi platforma Chanoqqal'aga yetib keldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning birinchi suzuvchi neft ishlab chiqarish, saqlash va yetkazish platformasi Chanoqqal'aga yetib keldi. Mazkur platforma Sakarya gaz konida 2026 yilda ishga tushadi. Kuniga 10 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash qobiliyatiga ega bo’lgan platforma faqat 4 million xonadonning gaz ehtiyojini qondiradi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Britaniyadan Turkiya bo’yicha hisobot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Londonda joylashgan xalqaro energiya tahlil markazi hisobotida Turkiya, o'tgan yilga nisbatan quyosh energiyasini o'rnatishni engkorlik bilan tezlashtirgan davlatlar qatorida ekani ma’lum qilindi.

 

Sabah gazetasi: “Dunyoning eng yaxshi 100 shahri ro'yxatida Turkiyadan 3 ta shahar o'z o'rnini egalladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Buyuk Britaniyada joylashgan Euromonitor tadqiqot kompaniyasi 'Dunyoning eng yaxshi 100 shahri' ro'yxatiga Turkiyadan 3 ta shaharni kiritdi. 20,2 million turist tashrif buyurgan Istanbul dunyoning eng mashhur turizm shahri deb topildi. Bundan tashqari, turistik Antaliya, Mug'la va  Bodrum ham ushbu ro'yxatdan joy oldi.

 

Hurriyat gazetasi: “THY o'z yo'lovchilariga "dunyoning birinchi nonini" taqdim etadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk Havo Yoʻllari 22-sentyabr kuni AQShning Nyu-York shahriga uchayotgan yoʻlovchilarga Shanliurfaning Göbeklitepe hududida ishlab chiqarilgan bugʻdoydan tayyorlangan “dunyoning birinchi noni” deb taʼriflangan nonni taqdim etadi.

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar