Matbuot sharhlari 18.01.2023

Turkiya gaazetalaridan sharhlar...

1934359
Matbuot sharhlari 18.01.2023

 

Yeni shafak gazetasi: “Raisiyga tabiiy gaz bo’yicha iltimos” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo’g’an Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Emir Abdullahiyanni qabul qildi. Erdog’an uchrashuv chog’ida Eron vaziridan tabiiy gazni cheklashni tugatish haqidagi iltimosini Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyga yetkazishni so’radi.

 

Vatan gazetasi: “Shvetsiya prokuraturasining qarori absurddir” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Shvetsiya poytaxti Stokholmda terror tashkiloti PKK tarafdorlarining Turkiya va Prezident Erdog’anga qarshi uyushtirgan provokativ harakati bilan bog’liq Shvetsiya prokurorining “Tekshirishga hojat yo’q” shklidagi qarori o’ta bema’nilik ekanligini bildirdi. Chavusho'g'li, 'Shvetsiyada nafrat jinoyatini sodir etish joizmi yoki yo'qmi, javob bersin'' dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Shvetsiyadagi universitet turk talabalaridan uzr so'radi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Shvetsiyaning Stokgolm universiteti professori “Turkiya Shvetsiyaning NATOga kirishini to‘sib qo‘ydi” deya turk talabaning amaliyot o‘tash arizasini rad etganidan so‘ng universitet rahbariyati uzr so‘radi. Stokgolm universiteti turk talabaga yana bitta stajirovka taklifini ilgari surdi.

 

Sabah gazetasi: “The Economist: 'NATO Turkiyani yo'qotishga qurbi yetmaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Londonda nashr etilgan “The Economist” gazetasi, NATO Turkiyani yo'qotishga qurbi yetmasligini yozdi. Prezident Erdo’g'anning Rossiya-Ukraina urushida vositachi roliga e'tibor qaratgan gazeta, Turkiyaning don inqirozi va asir almashishdagi ro’li bilan yaxshi ish olib borganini bildirdi.

 

Star gazetasi: “Turkiya kuchli taraqqiyotini yangi cho'qqilarga olib boradi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya G'aznachilik va Moliya vaziri Nureddin Nebati, Turkiyaning 2022 yilni deyarli barcha makroiqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha dunyoning qolgan qismidan yaxshiroq bir holatda yakunlaganini va kuchli taraqqiyotini yangi cho'qqilarga olib chiqqanini bildirdi.

Nebati, taxminan bir yil avval sarmoya, bandlik, ishlab chiqarish va eksportga qaratilgan 'Turkiya Iqtisodiyot Modeli'ning joriy qilinishi iqtisodiy muvaffaqiyatga katta hissa qo'shganini ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar