Matbuot sharhlari 16.01.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1933181
Matbuot sharhlari 16.01.2023

 

Hurriyat gazetasi: “Uchuvchisiz uchish apparatlari Turkiyaning terrorizmga qarshi kurash strategiyasini o'zgartirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu twitter’dagi sahifasida, "Uchuvchisiz uchish apparatlari (UAV) Turkiyaning terrorizmga qarshi kurash strategiyasini o'zgartirdi. Ayniqsa, Bayraktar dronlari dunyo nigohida bo’lgan mo''jizadir”,-deb yozdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Jahon brendlarining nigohi Turkiyada” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning Qora dengizda 710 milliard kub metr tabiiy gaz zaxirasini qazib olishi va uni qayta ishlashga kirishishi dunyoning yetakchi energiya kompaniyalarini harakatga keltirdi. Milliardlab dollarlik takliflar bilan Turkiyaga murojaat qilgan kampaniyalarning takliflari rad etildi.

Ularga “Tabiiy gazni o‘zimiz qazib, o‘zimiz sotamiz” deya javob berildi.

 

Sabah gazetasi: “Dunyoda 14-o’rindamiz” sarlavhasi bilan xaabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya transport va infratuzilma vaziri Odil Karaismailog'lu, Turkiyaga tegishli kema flotining hajmi 41 million dedveyt tonnaga (DWT) etdi, natijada Turkiya dunyodagi eng katta kema flotiga ega 14-davlatga aylanganini ma'lum qildi.

 

Star gazetasi: “Turkiya 110 davlatga eksport qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, o'tgan yili Turkiyadan 110 mamlakatga 9 milliard 264 million 807 ming dollarlik yengil avtomobil eksport qilindi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiyaning yana 10 taomi Yevropa Ittifoqi ro'yxatidan o'tish arafasida” sarlavhasi bilan xaabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank, Turk Patent va Savdo brendi boshqarmasi (TÜRKPATENT) Turkiyaning 10 ta taomini ro'yxatdan o'tkazish uchun Yevropa Komissiyasiga ariza berganligini bildirib, "Yevropa Ittifoqi ishtirokida geografik koʻrsatkichlar sonini 100 taga yetkazamiz”, dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar