Matbuot sharhlari 11.01.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1931006
Matbuot sharhlari 11.01.2023

                                    

Yeni shafak gazetasi: “Chavusho’g’li: Urushning muzokara stolida yakunlanishiga ishonamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, Rossiya bilan Ukraina o’rtasida davom etayotgan urushga to’xtalib, “Urushning muzokara stolida yakunlanishiga ishonamiz” dedi.

 

Sabah gazetasi: “Hulusi Akardan Suriya bo’yicha bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, 11 yil o'tib Turkiya va Suriya o'rtasidagi muzokaralar ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar va mintaqa tinchligi uchun sof yaxshi niyatlar bilan boshlanganini ma'lum qilib, "Bu bir jarayon. Umidimiz munosabatlar o'zaro muzokaralar orqali rivojlanadi va biz mintaqa uchun tinchlik va barqarorlikka hissa qo'shadigan vaziyatga erishamiz", dedi.

 

Star gazetasi: “Niderlandiyalik tadqiqotchining G'arbga munosabati: Turkiya obsesyonu sizni ko'r qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, g'arb davlatlarining PKK/YPG terror tashkiloti bilan bog'liq Turkiyaning ogohlantirishlariga quloq solmasliklarini tanqid qilgan niderlandiyalik tadqiqotchi Rena Netjes, "Turkiyaga bo'lgan g’arazlari tufayli terror tashkiloti YPG/PKKning qorong'u tomonini ko'rmayaptilar" dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Nemis matbuotidan hayratlanarli Turkiya tahlili... Xitoydan milliy samolyot uchun maqtovlar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, dunyoning ko'plab davlatlariga eksport qilinayotgan Turkiyada ishlab chiqarilgan qurollar Germaniya matbuotining kun tartibida.

Die Welt gazetasi Turkiyaning mudofaa sanoati kuchayib borayotgani haqida tahlil chop etdi. Xitoyning yetakchi gazetalaridan biri “People's Daily” Turkiyaning jadal rivojlanayotgan havo kuchini olqishlab, “Turkiya milliy samolyoti tengdoshlaridan ancha yuqori” deb izoh berdi.

 

Vatan gazetasi: “Turk tadbirkorlari Vegasga parvoz qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, dunyoning eng yirik maishiy elektronika yarmarkasi “CES-2023” turk korxonalarining innovatsion mahsulotlariga mezbonlik qildi. AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etilgan yarmarka turk tadbirkorlarining qobiliyatiga guvoh boʻldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar