Matbuot sharhlari 23.12.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1922848
Matbuot sharhlari 23.12.2022

                                

Hurriyat gazetasi: “Biz yurtimizni cho‘qqilarga olib chiqishga ahd qildik”

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an, dunyodagi har bir inqiroz Turkiyani yanada kuchaytirayotganini aytdi.

“Siyosiy, diplomatik va xavfsizlik yutuqlari, sarmoya, bandlik va eksport bilan oʻsgan mamlakatimizni Turk Asri bilan eng yuqori pogʻonaga olib chiqishga qaror qildik”,- deydi Erdo’g’an.

 

Xabar turk gazetasi: “Shvetsiya aniq qadamlar qo‘ygani yo‘q”

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkiyadan NATOga a’zo bo’lish uchun rozilik kutayotgan Shvetsiya tomonida aniq bir o’zgarish yo’qligini aytdi.

Shuningdek, terrorizmni qo'llab-quvvatlashni to'xtatishga va'da bergan Shvetsiya tomonida terrorizm bilan aloqador jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish va terrorchilar aktivlarini muzlatish bo'yicha ham aniq qadam yo'qligini aytdi.

 Chavusho’g’li, “Mudofaa sanoati firmalarimiz Shvetsiyadan ba’zi mahsulotlar import qilish uchun kerakli ijobiy javob olmadi”, dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya tabiiy gaz markaziga aylanmoqda”

Xabarga ko’ra, Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) voizi O'mer Chelik, Ukraina-Rossiya urushi g'alla va energiya inqiroziga sabab bo'lganini va kuchli diplomatiyaning Turkiyani muhim bir mavqega olib kelganini bildirdi. Turkiyaning g'alla inqirozini hal qilganiga diqqat qaratgan Chelik, energiyada "Turkiya tabiiy gaz tarqatish markazi bo'ladi" dedi.

 

Star gazetasi: “Turkiyadan neft hamlasi”

Xabarga ko’ra, Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do’nmez, yangi neft zahiralariga ishora qilib, “Bizning mahalliy neft ishlab chiqarishimiz 80 ming barrelga yetdi. Respublikamizning 100 yilligida (2023 yil) kuniga 100 ming barrel neft qazib chiqarishni maqsad qilganmiz”, dedi.

 

Sabah gazetasi: “Markaziy bank zaxiralari oxirgi 8 yildagi eng yuqori darajaga yetdi”

Xabarga ko’ra, Turkiya Respublikasi Markaziy bankining jami rezervlari 16 dekabr haftasida oldingi haftaga nisbatan 747 million dollar ortib, 129 milliard 511 million dollar bilan 2015 yilning yanvar oyidan beri eng yuqori darajaga yetdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar