Matbuot sharhlari 20.12.2022

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, har sohada ijobiy diskriminatsiya qilib, ayollarning orzularini ro’yobga chiqarishga alohida ahamiyat berganliklarini bildirdi.

1921023
Matbuot sharhlari 20.12.2022

 

Haber Turk: “Turkiyaning Erdog’anning ayollarga yo’llagan asri”.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, har sohada ijobiy diskriminatsiya qilib, ayollarning orzularini ro’yobga chiqarishga alohida ahamiyat berganliklarini bildirdi. Erdo’g’an, tadbirkor ayollar uchun qo’llab-quvvatlash paketini tushuntirar ekan, “Oxirgi 20 yil ichida amalga oshirgan islohotlarimiz bilan birga mamlakatimizning demokratiya va taraqqiyot yutuqlariga ayollarimiz o’z mehnat va  hissalarini qo’shdilar. Siz bilan Turkiyaning Asrini quramiz” dedi.

Yeni Shafak gazetasi: “Turkiya aholisi bir million 65 ming 911 kishiga oshdi”

Turkiya aholisi 2021-yilda o’tgan yilga nisbatan bir million 65 ming 911 kishi ortib, 84 million 680 ming 273 kishiga yetdi. 2021-yilda erkaklar soni 42 million 428 ming 101, ayollar soni 42 million 252 ming 172 nafarni tashkil etdi. Mamlakatda 2021-yilda tug‘ilgan chaqaloqlarga berilgan ismlar o‘rganilganda, o‘g‘il bolalarda Yusuf, qizlarda esa Zeynep ismlari birinchi o‘rinni egallagani ma’lum bo‘ldi.

Star: “Turkiyaning yangi neft shahri”

Terrordan tozalangan Shirnakdagi Gabar tog'i etagidagi neft konida 5 quduqdan har kuni 5 ming 300 barrel neft olinmoqda. 12 quduq qazib olinishi bilan kondan kuniga 25 ming barrel neft olinadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, zaxiraning 150 million barrelini qazib olish mumkin.

Sabah gazetasi: “Turkiya chiqindisiz harakatning yetakchisi”

Prezidentlik aloqa direktori Fahrettin Altun, Turkiya iqlim o'zgarishiga qarshi kurash mavzusida xalqaro maydonda olib borilgan barcha sa'y-harakatlarga ijobiy hissa qo'shganini bildirdi. Altun, Turkiya global nol chiqindi harakatining yetakchisi ekanligini aytdi.

Hurriyat: “Borsa Istanbul tarixiy  rekordini yangiladi”

Borsa İstanbul 100 (BIST) indeksi haftaning birinchi ish kunini kecha 1,08 foiz ortish bilan boshladi; Ochilishda indeks 56,32  bal  o'sdi va 5270  balga yuksaldi . BIST 100 indeksidan keyin Bank indeksi bilan birga yuksalishda davom etdi va tarixiy rekord darajasini 5362 ballga olib chiqdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar