Matbuot sharhlari 19.12.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1920562
Matbuot sharhlari 19.12.2022

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya Germaniya va Gretsya o’rtasida nozik uchrashuv” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya, Germaniya va Gretsiya delegatsiyalari Belgiyada uch tomonlama uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda Turkiya va Gretsiya o'rtasidagi aloqa kanallarini jonlantirish muhokama qilindi.

 

Star gazetasi: “Birinchi 10talik davlatlari qatoridan joy olamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Odil Karaismailog'lu, 2023 yilda birinchi mahalliy aloqa sun'iy yo'ldoshi “Turksat 6A” ni kosmosga uchirishni rejalashtirganligini, bu esa Turkiyaning aloqa sun'iy yo'ldoshlarini ishlab chiqarishga qodir 10 davlat qatoriga kirishini ta'minlashini bildirdi.

 

Xabar turk gazetasi: “4ta burg’ulash kemasi xizmatda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk Neft Korporatsiyasi (TPAO), Qora dengizda “Fotih”, “Yovuz” va “Qonuniy” burg'ulash kemalari, O'rta Yer dengizida esa “Abdulhamid Xon” burg'ulash kemasi bir vaqtning o'zida xizmat ko’rsatayotganini bildirdi.

 

Sabah gazetasi: “Turk olimlari kasalliklarni nafas olish orqali aniqlaydigan “aqlli qurilma” ishlab chiqaradi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk olimlari sun’iy intellekt texnologiyasi yordamida inson nafasidagi tarkibiy qismlardan kasallikni aniqlay oladigan “aqlli analizator”ni ishlab chiqadi.

 

Hurriyat gazetasi: “2022 Jahon chempionatida g’olib Argentina” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Argentina Jahon Chempionati-2022 finalida penaltilar seriyasida Fransiya ustidan 4:2 hisobida ustunlikni qo‘lga kiritib, (90 daqiqa 2:2 va qo‘shimcha taym 3:3 hisobida yakunlangan holda) chempionlikka erishdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar