Matbuot sharhlari 16.12.2022

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, to'ntaruv rejalariga qarshi Germaniyadagi his-tuyg'ularni eng yaxshi tushunadigan davlatning Turkiya ekanligini, ammo Germaniyadan bir xil tushunchani ko'rmayotganliklarini aytdi.

1919683
Matbuot sharhlari 16.12.2022

 

Matbuot sharhlari 16.12.2022

Yeni Shafak: Erdog'an: Germaniya terror tashkilotlarining bosh panohidir

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, to'ntaruv rejalariga qarshi Germaniyadagi his-tuyg'ularni eng yaxshi tushunadigan davlatning Turkiya ekanligini, ammo Germaniyadan bir xil tushunchani ko'rmayotganliklarini aytdi. “Germaniya Yevropadagi terror tashkilotlari uchun eng muhim boshpanadir”, dedi Erdog’an.

Vatan: "Erdog'an: Borrellning rejasi buzildi"

Prezident Erdog’an Yevropa Ittifoqi (YI) Tashqi aloqalar oliy vakili Josep Borrellning Turkiyaning Rossiyaga qarshi sanksiyalarga amal qilishi kerak degan bayonotiga munosabat bildirdi. Yevropa tomonidan sotib olingan g'allaning 44 foizi Qora dengiz orqali Turkiya orqali kelganiga diqqat qaratgan Erdo'g'an, Rossiya va Turkiyaning rivojlanmagan mamlakatlarga g'allani tekin jo'natish fikri Borrelning rejasini buzgan bo'lishi mumkinligini bildirdi.

Hurriyet: “PKK Chavusho’g’lidan Belgiyaga munosabat”

Belgiya Tashqi ishlar vaziri Hadja Lahbib bilan o’tkazgan mushtarak matbuot anjumanida Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, PKK tomonidan Belgiyada uyushtirilgan namoyishlarga e’tibor qaratib, “Elchixonamiz oldida terrorchilarning to’da  boshchining plakatlardan foydalanilgan namoyishlar amalga oshirildi . Belgiyada DEASH lattalarini ishlata olmaganidek, PKK ham foydalanmasligi kerak. Sizdan kutganimiz Belgiyadagi PKK tashkilotlariga qarshi chora ko'rish va kurashishdir' dedi.

Haber Turk: “Putin: Turkiyaning tabiiy gaz infratuzilmasi muhim salohiyatga ega”

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, “Turkiyaning tabiiy gaz infratuzilmasi muhim salohiyatga ega. Yaqin oylarda tashkil etiladigan tabiiy gaz markazida elektron savdo maydonchasi tashkil etilishi mumkin. Putin Yevropa iste'molchilari uchun tabiiy gaz narxi asosan markazda (Turkiyada) belgilanishini ta'kidladi.

Star: "Qizil olma dunyo kun tartibida"

Turk aviatsiya tarixining tamal toshlaridan biri bo'lgan Turkiyaning ilk uchuvchisiz qiruvchi samolyoti Bayraktar Qizilelmaning ilk parvozi jahon matbuotida keng ta'sir o'tkazdi. Amerika Qo'shma Shtatlaridan (AQSh) Xitoygacha, Misrdan Gretsiyagacha ko'plab mamlakatlarning ommaviy axborot vositalari o'z o'quvchilariga rivojlanishni e'lon qildi.


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Turk matbuotidan

Aloqador xabarlar