Matbuot sharhlari 14.12.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1918733
Matbuot sharhlari 14.12.2022

                             

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g’an: Bu ishning manzili va kuni aytilmaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an, Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uch tomonlama davlat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Turkmanistonga jo'nab ketishidan oldin jurnalistlarga bergan bayonotida, Suriya shimolidagi transchegaraviy operatsiyaga to'xtalib, “Har doim aytganimdek, bu ishning manzili va sanasi ko'rsatilmaydi. Chegaradan janubgacha 30 km masofani nishonga olamiz. Bu yerdan mamlakatimiz doimiy ravishda terroristlar tahdidi ostida. So'nggi paytlarda bu yanada ko'paydi. Biz bunga jim qarab turolmaymiz. Biz hech kimdan ruxsat olmaymiz”,-dedi.

Xabar turk gazetasi: “Chavusho’g’li Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uch tomonlama tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida nutq so’zladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkmanistonning Avaza shahrida bo’lib o’tgan Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uch tomonlama tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida Turk dunyosi bilan o’zaro aloqalarni Turkiy Davlatlar Tashkiloti asosida ikki tomonlama, uch tomonlama va to’rt tomonlama mexanizmlar bilan mustahkamlaganliklarini bildirdi.

Yeni shafak gazetasi: “Sanoatda charxpalak aylanmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, sanoat ishlab chiqarish indeksi oktyabr oyida oylik miqyosda 2,4 foiz, yillik miqyosda esa 2,5 foizga oshdi.

Sabah gazetasi: “TOGG Yevropa bozoriga kirmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, mahalliy avtomobil TOGG kompaniyasi menejeri Gurjan Karakash, 2024 yil oxirida Yevropa bozoriga kirishni maqsad qilganligini aytdi.

Vatan gazetasi: “Turistik Sharq Ekspressi yangi mavsumdagi safarlarini boshladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, dunyo bo'ylab poyezdda sayohat qilish uchun eng yaxshi 4 ta yo'nalishdan biri bo'lgan “Touristic Eastern Express” (Turistik Sharq Ekspresi) 2022-2023 yilgi mavsumdagi ilk safarini boshladi. Ovqatlanish va uxlash vagonlaridan iborat turistik Sharq Ekspresi 2022-2023 yillarda 86 reysda 13 760 yo'lovchiga xizmat beradi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar