Matbuot sharhlari 14.10.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1892926
Matbuot sharhlari 14.10.2022

                       

Xabar turk gazetasi: “Erdo’g’an Putin bilan uchrashdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Erdo'g'an Mersinda qurilishi davom etayotgan Akkuyu atom elektr stansiyasining birinchi turbinasi kelasi yilning birinchi yarmida ochilishi dunyoda boshqacha taassurot qoldirishini aytdi.

Sinopda qurilishi rejalashtirilgan atom elektr stansiyasi bo'yicha qadam tashlansa, buning juda boshqacha multiplikator ta'siri bo'lishini aytdi. Putin esa, “Biz Turkiyani eng yirik gaz markaziga aylantirish niyatimizni e’lon qildik”, dedi.

 

Star gazetasi: “Putin: Don sotib oluvchi davlatlar Erdo‘g‘ondan minnatdor bo‘lishi kerak” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin haligacha Ukraina g'allasining ozginasi kambag'al mamlakatlarga ketayotganini aytdi. Putin, Istanbul kelishuvi doirasida Ukraina donini sotib olgan davlatlar Prezident Erdog’andan minnatdor bo’lishi kerakligini aytdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Zelenskiydan Turkiyaga minnatdorlik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaga Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mahbuslar almashinuvidagi vositachi roli uchun minnatdorlik bildirdi. "Azovstaldagi ba'zi mahbuslarni ozod qilishda bizga yordam bergan turk rasmiylariga minnatdorlik bildirmoqchiman", dedi Ukraina rahbari.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiya turg'unlik haqida gap bo’lmagan yagona davlat” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Respublikasi Markaziy banki raisi Shahap Kavjio’g’li, ko’plab davlatlar ayniqsa, Yevropa turg’unlik xavfi bilan yuzlashayotganini aytdi. Turk iqtisod modelining muvaffaqiyatiga diqqat qaratgan Kavjio’g’lu, “Turg'unlik haqida gap bo’lmagan yagona davlat Turkiya” dedi.

 

Vatan gazetasi: “TOGG 29 oktyabrda xizmatga tayyör bo’ladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Bursaning Gemlik tumanida joylashgan mahalliy avtomobil “Togg” ishlab chiqarish zavodi 29 oktyabr Respublika bayrami arafasida Prezident Erdog'an ishtirokida ochiladi. Ishlab chiqarilgan birinchi elektromobilning C-SUV modeli 5 oylik sinovdan so‘ng 2023-yil mart oyida sotuvga chiqariladi. Elektromobil 15 yoki18 oy davomida faqat ichki bozorda sotiladi, keyin esa Yevropaga sotiladi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar