Matbuot sharhlari 10.10.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1890648
Matbuot sharhlari 10.10.2022

                            

Vatan gazetasi: “Erdo’g’an: Oxirgi 20 yilda jami 164 ta muzeyni restavratsiya qildik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Istanbuldagi Mimar Sinan nafis san'atlar universiteti qoshidagi “Rasm va haykaltaroshlik” muzeyining ochilish marosimida so’zga chiqdi.

"So'nggi 20 yilda 164 ta muzeyda qayta ta'mirlash va restavratsiya ishlarini olib borib, butunlay yangiladik. Mamlakatimiz miqyosida 56 ta yangi muzeyni ochar ekanmiz, ayni vaqtda 18 ta muzeyni yangi qurilgan binolarida xalqimiz xizmatiga topshirdik”,-dedi Turkiya prezidenti.

 

Hurriyat gazetasi: “Chavushog’li: Turkiyaning huquq va manfaatlarini Suriyadan to Liviyagacha himoya qilishdan mas’ulmiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, kecha Fransiyaning Strasburg shahrida Turkiya fuqarolari bilan uchrashgan Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, “Bizning ustuvorliklarimiz bor, Suriyadan to Liviyagacha bo’lgan mintaqada Turkiyaning huquq va manfaatlarini himoya qilishga majburmiz” dedi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiyadan Germaniyaga eksport ko’rsatgichi eng yuqori darajaga yetdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyadan Germaniyaga eksport 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 10,6 foiz ortib, 14 milliard 258 million dollarga yetdi.  Shu bilan barcha davrlarning yanvar-sentyabr oylaridagi eng yuqori ko'rsatkichiga erishildi.

 

Star gazetasi: “Dunyoning eng yaxshisi Turkiyada! Yo’lovchi soni 51 foiz oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, dunyoning eng yaxshi aeroporti sifatida tanlangan Istanbul aeroportida 47 million 572 ming yo'lovchiga xizmat ko'rsatildi. Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailog'lu, tranzit yo'lovchilar bilan birga jami yo'lovchi harakati yanvar-sentyabr davrida 51 foizga ortib, 138 milliondan oshganini ma'lum qildi.

 

Xabar turk gazetasi: “Nogiron-Amputant terma jamoasi jahon chempioni bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 2022 yilgi jahon chempionati finalida Turkiya nogiron-amputant futbol terma jamoasi Angolani 4:1 hisobida mag‘lub etdi va o‘z tarixida ilk bor chempionlikni qo’lga kiritdi.

Terma jamoa gollariga O‘mer Guleryuz, Rahmi O‘zjan (2) va Serkan Dereli mualliflik qildi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar