Matbuot sharhlari 11.3.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1793567
Matbuot sharhlari 11.3.2022

 

Star gazetasi: “Erdo’g’an Jo Bayden bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha, 10-mart kuni Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident huzuridagi Axborot va kommunikatsiya departamenti ma’lum qilishicha, suhbat chog’ida mintaqadagi o'zgarishlar, jumladan Rossiyaning Ukrainaga hujumi va Turkiya-AQSh munosabatlari muhokama qilindi.

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g’an va Aliyev Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha, 10-mart kuni poytaxt Anqarada Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Ikki davlat yetakchilari mintaqaviy masalalar, jumladan, Rossiya-Ukraina urushi va Turkiya-Ozarbayjon munosabatlarini muhokama qildi.

 

Vatan gazetasi: “Chavushog’li: Keng ko’lamli tinchlik kelishuvi kun tartibda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, kecha, 10-mart kuni Turkiya vositachiligida Antaliyada o’tkazilgan Rossiya-Ukraina TIV rahbarlari uchrashuvidan so’ng bayonot bergan Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, “Keng ko’lamli sulh bitimining imzolanishi kun tartibimizdan joy olgan. Bunday vaziyatda Ukraina ba’zi mamlakatlarning bunga kafil bo‘lishini xohlayotganini bilamiz. Ulardan biri Turkiya”,- dedi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiyaning fazo texnologiyalari bo’yicha investitsiya faoliyatlari mudofaa sanoatini ham tezlashtiradi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Kosmos Agentligi rahbari Serdar Huseyin Yildirim, fazo texnologiyalari bo’yicha investitsiyalar  mudofaa sanoatini ham jadallashtirishini bildirdi. "Oyga sayohat qilishning bizga olib keladigan texnologik yutuqlari juda muhim va Turkiyani bir pog’ona oldinga ko’taradigan omil bo’ladi”,-dedi agentlik rahbari.

 

Xabar turk gazetasi: “Ishsizlik ko’rsatgichlari e’lon qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Statistika tashkiloti yanvar oyiga doir bandlik natijalarini e'lon qildi. Shunga ko'ra, yanvar oyida mamlakatda ishsizlik 11,4 foizni tashkil etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar