Matbuot sharhlari 20.12.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1749673
Matbuot sharhlari 20.12.2021

 

Xabar turk gazetasi: “Erdo’g'an: Barcha ko'rsatkichlar global muvaffaqiyatga ishora qilmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiyaning global inqirozlarga qarshi chidamliligi va inqirozlarni imkoniyatga aylantirishda o’ziga ishonchi ortida kuchli infratuzilma borligini aytdi. Erdo’g'an mamlakatda o'sish ko'rsatkichlari, ishlab chiqarish, bandlik va eksport, byudjet balanslari va barcha ko'rsatkichlar Turkiyaning global muvaffaqiyatiga ishora qilganini bildirdi.

 

Yeni shafak gazetasi:“Turkiyaning 8-sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turksat sun'iy yo'ldoshi  AQShning Florida shtatidagi Cape Canaveral bazasidan fazoga muvaffaqiyatli uchirildi. Space X kompaniyasiga tegishli Falcon 9 raketasi bilan uchirilgan Turksat 5B ning parvozi bilan Turkiyadagi faol aloqa sun'iy yo'ldoshlari soni 5 taga, umumiy sun'iy yo'ldoshlar soni esa, 8 taga ko’paydi. Mazkur sun’iy yo’ldosh orqali Turkiyaning ma'lumot uzatish tezligi va hajmi 15 barobardan ko’proq oshadi.

 

Star gazetasi:“Turkiyaning tajribasi namunali shablondir” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning milliy qurolli uchuvchisiz boshqariladigan havo vositalari Bayraktar TB2 lar haqida bayonot bergan AQSh Mudofaa vazirligi maslahatchisi Scott Crino, “Suriya, Liviya va Qorabog’dagi muvaffaqiyatlar ortida Turkiyaning ishlab chiqarish tajribasi yotadi. Turkiyaning katta tajribasi boshqa davlatlar amal qilishi kerak bo'lgan mustahkam shablondir”,- dedi.

 

Sabah gazetasi: “Turkovac uchun ijobiy baho” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya vaksina instituti rahbari va Koronavirus ilmiy qo‘mitasi a’zosi prof. Dr. Atesh Karaning ta'kidlashicha, koronavirusga qarshi mahalliy inaktiv vaktsinaning klinik tadqiqotlaridagi birinchi ma'lumotlar juda ijobiy bo'lgan.  U Turkovac vaksinasi bilan emlangan odamlar orasida Kovid-19ga chalinish holati kuzatilmaganligini ma’lum qildi.

"Turkovac insonlarda antikor darajasini tez oshirdi. Uchinchi dozali vaktsina sifatida osongina foydalanish mumkin”,-deydi prof. Atesh Kara.

 

Hurriyat gazetasi: “Vakifbank 4-marta jahon chempioni bo'ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, VakifBank FIVB ayollar klublari o'rtasidagi jahon chempionati finalida Italiya vakili Imoco Coneglianoni setlarda 3-2 hisobida mag'lub etib, 4-marta jahon chempioni bo'ldi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar