Matbuot sharhlari  17.11.2021

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, yoshlarning umidlari ular uchun hayotiy ahamiyatga ega ekanini aytdi.

1735202
Matbuot sharhlari  17.11.2021

 

Vatan gazetasi: “Erdo’g’an mahalliy boshqaruvlar  yoshlar festivalida nutq so’zladi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, yoshlarning umidlari ular uchun hayotiy ahamiyatga ega ekanini aytdi. Erdo'g'an, Yevropa va Osiyoning tez qariyotgan bir paytda Turkiya aholisining uchdan bir qismini bolalar va yoshlar tashkil etishining muhimligini ta'kidladi.

Hurriyet: “Vazir So’yludan aniq xabar: Terror tashkilotini kuch bilan tutdik”

Ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu kecha bergan bayonotida, "Turkiyadagi terroristlar soni hozir juda past darajaga tushib qoldi. Terror tashkilotini bir chimdikda qo'lga oldik va yana  bir bor nafas ololmaydigan holatga keltirmoqchimiz" dedi.

Sabah: "Vazir Akardan tushuntirishlar"

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, 2015-yilning 24-iyulidan buyon mamlakatda, Iroq va Suriya shimolida 32 ming 901, joriy yilning boshidan buyon esa 2 ming 426 terrorist ta’sirsiz holga keltirildi dedi.

Star: "Ishsizlik raqamlari e'lon qilindi"

Turkiyada ishsizlik darajasi joriy yilning uchinchi choragida ikkinchi chorakka nisbatan 0,4 foiz daraja pasayib, 11,7 foizga yetdi. Ushbu davrda ishsizlar soni 3 million 842 ming kishiga qisqardi.

Haber Turk: "Vazir Do’nmez: Turkiyaning mineral eksporti 4,38 milliard dollarga ko'tarildi"

Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do'nmez, Turkiyaning mineral eksporti yanvar-sentyabr davrida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 48 foiz ortib, 4 milliard 380 million dollarga yetganini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #yangiliklar , #Gazetalar

Aloqador xabarlar