Matbuot sharhlari 22.05.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2142648
Matbuot sharhlari 22.05.2024

Star gazetasi: Erdoʻgʻan: Xalqaro hamjamiyat mas’uliyati oʻrtadadir. Prezident Erdoʻgʻan, Ruminiya Bosh vaziri Cholaku bilan uyushtirgan matbuot anjumanida, “Isroil zulmlarini toʻxtatish va falastinlik birodarlarimiz xavfsizligini ta’minlashda xalqaro hamjamiyatning mas’uliyati oʻrtada. Shunga qaramay qatliomning oldini olish chora – tadbirlari haligacha koʻrilmadi. Netanyaxu va uning koʻzini qon bosgan hukumati, oʻz fuqarolari xavfsizligini tahlikaga qoʻyib, qatliom siyosatini davom ettirmoqda. Buni toʻxtatish vaqti keldi”, - deya gapirdi.

Sabah gazetasi: Selchuk Bayraktar: Butun dunyoga namuna boʻldi. Eron Prezidenti va unga hamrohlik qilganlarni oʻz ichiga olgan vertolyot halokati yuz bergan hududni aniqlagan «Akinji» nomidagi insonsiz havo transporti butun dunyo kun tartibidan oʻrin oldi. Baykar boshqaruv kengashi raisi va texnologiya rahbari Selchuk Bayraktar bu haqida: “Turkiyaning ham madaniy qadriyatlari ham da texnologik taraqqiyoti jihatidan butun dunyoga namuna boʻldi”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.  

Hürriyet gazetasi: Turkiya sayohat indeksida birdagina 8 pogʻona koʻtarildi. Jahon Iqtisodiy forumining 2023 - yil sayohat va turizm rivojlanish indeksida Turkiya birdaniga 8 pogʻona koʻtarilib, dunyoning 119 davlati orasida 29 - oʻrinni egalladi.

Yenişafak gazetasi: Istanbul aeroporti yana choʻqqida. Istanbul aeroporti 6 - 12 may kunlari orasida bir kunda oʻrtacha 1430 qatnov yoʻlga qoʻyish orqali Yevropaning eng gavjum aeroportiga aylandi.

Habertürk gazetasi: Gezeravji: Oyga chiqishni rejalashtirmoqdamiz. Turkiyaning birinchi astronavti Alper Gezeravji, “Faqatgina bir necha oy ichida, oʻz yurtimiz imkonlari bilan ishlab chiqarilgan bitta raketa va bu raketani koinotga tashuvchi harakat tizimi orqali kelajakda oyga chiqishni rejalashtirmoqdamiz”, - deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar