Matbuot sharhlari 24.05.2024

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kecha Yevropa Ittifoqi (YI) qo’shnilik va kengayish bo’yicha komissari Oliver Varhelyi bilan mushtarak matbuot anjumani o’tkazdi.

2143615
Matbuot sharhlari 24.05.2024

 

Haber Turk gazetasi: Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan: “Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarimizni doimo oldinga olib borishni xohlaymiz” Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kecha Yevropa Ittifoqi (YI) qo’shnilik va kengayish bo’yicha komissari Oliver Varhelyi bilan mushtarak matbuot anjumani o’tkazdi.  Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a'zolik jarayoni bilan bog'liq holda, "Turkiya nafaqat YIni, balki a'zo bo'ladigan har bir ittifoqni ham mustahkamlaydi. YI bilan aloqalarimizni doimo oldinga olib borishni istaymiz" dedi.

Hurriyet: Varhelyi e'lon qildi: Turkiya bilan savdoda rekord o'rnatildi

Yevropa Ittifoqining qo’shnilik va kengayish bo’yicha komissari Oliver Varhelyi kecha vazir Fidan bilan matbuot anjumani o’tkazdi.  U Turkiya va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi savdo rekordini yangilaganini eslatib o'tdi. Varhelyi, "O'tgan yili savdo hajmi bo'yicha rekord o'rnatdik. 200 milliard yevrodan oshdik" dedi u.

Vatan gazetasi: Shveytsariya matbuoti Akinjining  Raisiy  vertolyotni topgani haqida yozdi

Turkiyaning Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning vertolyot halokati joyini aniqlagani Shveytsariya matbuotida shov-shuvga sabab bo'ldi.   “Neue Zurcher Zeitung” gazetasi o’z xabarida “Turkiya uchuvchisiz havo vositalari ishlab chiqarishda qanchalik qobiliyatli ekanini dunyoga yana bir bor ko’rsatdi” deb yozdi.

Sabah gazetasi: Go’ktepe-2da burg'ulash ishlari boshlandi

Energiya va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Qoradengizdagi burg'ulash ishlari bilan bog'liq bayonot berdi. Vazir Bayraktar, yangi kashfiyotlar uchun suzib borayotganliklarini ifoda etgan holda, "Fatih burg'ulash kemamiz Sakarya gaz maydonidagi Go’ktepe-2 deb atagan quduqda burg'ulash ishlarini boshladi" dedi.

Star: Vazir Erso’y: Turk oshxonasi chuqurligi bilan birga ta'mi bilan ham xazina

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Erso’y, Turkiyaning gastronomiya turizmi haqida, “Turk oshxonasi ta’mi bilan birga chuqurligi bilan bir xazinadir.

Asrlar davomida bilim va tajriba almashish mahsuli bo'lgan boy oshxonamiz tarix davomida xilma-xil bo'lib, o'ziga xos ta'mi bilan bugungi kungacha yetib kelgan. “Ushbu noyob xazinani munosib tarzda tanitish bizning ustuvor vazifamizdir”. dedi.


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot

Aloqador xabarlar