Matbuot sharhlari 23.05.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2143199
Matbuot sharhlari 23.05.2024

                          

Vatan gazetasi: “Erdo’g’an: Isroil 76 yildan beri qon to’kmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Isroil 76 yildan beri falastinliklarning qonini to’kkanini, Falastin xalqining yerlarini ochiqdan-ochiq o’zlashtirganini va xalqaro huquqni tan olmasligini har safar ochiq ko’rsatganini aytdi. Erdo’g’an, “Genotsidchilar javobgarlikka tortilishi kerak' dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya Falastinning tan olinishidan mamnun” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Irlandiyadan keyin Norvegiya va Ispaniya ham Falastin davlatini tan olishini e'lon qildi. Norvegiya Bosh vaziri ikki davlatli yechim masalaning yagona yechimi ekanligini ta’kidladi. Falastin va Turkiya bu qarordan mamnun ekanligini ma’lum qildi.

 

Star gazetasi: “Bayraktar TB2” ni Polshaga yetkazib berish AQShda keng yoritildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning Polshaga 24 ta “Bayraktar TB2” qurolli uchuvchisiz havo vositalarini yetkazib berishni yakunlashi AQShda shov-shuvga sabab bo’ldi. AQSh matbuoti, “Bayraktar TB2” dronlari Polshani NATOda yuksalib borayotgan uchuvchisiz uchish apparatlari markaziga aylantirganini ta'kidladi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiya TOGG bilan avtomobil brendlarini ortda qoldirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning mahalliy va milliy elektromobili TOGG bilan jadal rivojlanayotgan Turk avtomobil sanoati Fransiya xabar agentligi AFPning ham diqqatini tortdi. Agentlik Turkiyaning elektromobil bozori hajmi Togg savdosi bilan Italiya va Ispaniyani ortda qoldirganini yozdi. Shuningdek, Togg 1 yil ichida Tesla'dan ham ko'proq ishlab chiqarilgani qayd etildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Dunyoning yetakchi turistik shaharlari” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Londonda joylashgan bozor reytinggi bo’yicha “Euromonitor” kompaniyasi dunyoning eng turistik shaharlari ro’yxatini e'lon qildi. Ushbu ro’yxatda shaharlarning turli xususiyatlari hisobga olingan bo’lib, unda Turkiyadan Istanbul, Antaliya va Mug'la ham o’rin oldi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar