Matbuot sharhlari 08.11.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1730591
Matbuot sharhlari 08.11.2021

 

Star gazetasi: “Erdo’g’an turk askariga hitob qildi: Bayroq biz uchun muqaddas” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an chegarachilarga hitob qilib,  "Bayroq biz uchun muqaddas qadriyatlardan biridir. Bayrog'imizni sharaf bilan himoya qilishingizga ishonaman”,-dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Jangarilar 2 tunni bir joyda o’tkaza olmaydı” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar 2015 yil 24 iyulgacha turk askarlari tomonidan yo’q qilingan jangarilar soni 32 ming 859 nafarni tashkil qilganligini ma’lum qildi.

“1 yanvardan e’tiboran olib borilgan harbiy amaliyotlarda jami 2 ming 384ta jangari yo’q qilindi. Jangarilar 2 tunni bir joyda o’tkaza olmaydı. Turk askari doimo ularga qo’rquv soladi”,-deb aytgan Hulusi Akar.

 

Vatan gazetasi: “Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiyga sodir etilgan suiqasdni qoralaymiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Mustafo al-Kozimiy qarorgohiga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan yozma bayonot berdi.

Bayonotda,

"7-noyabr kuni ertalab Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy qarorgohiga uchuvchisiz qurolli dronlar bilan uyushtirilgan suiqasdni keskin qoralaymiz. Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Iroq xalqi va davlatining yonida bo'lishda davom etadi”,- degan ifodalarga o'rin berilgan.

 

Sabah gazetasi: “Go’beklitepa 10 oy ichida tashrif buyuruvchilar soni bo'yicha eng yuqori cho'qqiga chiqdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 12 ming yillik tarixi bilan Shanliurfada "tarixning nol nuqtasi" sifatida ta'riflangan Go’beklitepani yilning 10 oyida taxminan 460 ming kishi ziyorat qildi, bu raqam hozirgacha eng yuqori ko'rsatkich sifatida qayd etildi.

 

Hurriyat gazetasi: “THY yo’lovchi bolalar uchun maxsus sayohatnoma tayyorladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk Havo Yo'llari  yo'lovchi bolalar uchun maxsus sayohat to'plamlarini tayyorladi. "Yuqori beshlik" mavzusi bilan tayyorlangan va ko'z bandi, quloqchinlar, paypoqlar va tish yuvishga mo’ljallangan mahsulotlarni o'z ichiga olgan yangi to'plamlar Turkiyadan parvoz qiladigan uzoq masofali reyslarida yo'lovchilarga taqdim etiladi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar