Matbuot sharhlari 02.11.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1727850
Matbuot sharhlari 02.11.2021

 

Yeni shafak gazetasi: “Baydendan F-16 bo’yicha hech qanday salbiy yondashuvni ko'rmadim” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an  Rimdan qaytgach, jurnalistlarga intervyu berdi. Prezident o’z intervyusida Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden bilan bo'lgan uchrashuv tafsiloti haqida ma’lum qildi.

"Biz F-35 masalasini muhokama qildik. Ma'lumki, 1 milliard 400 million dollar to’ladik. Yetkazib berish bo'yicha muzokaralar olib bordik. Bu borada F-16 samolyotlari bo’yicha  men ulardan salbiy yondashuvni ko'rmadim”, dedi prezident Erdo’g’an.

 

Hurriyat gazetasi: “Ikkinchi yig’ilish AQShda o’tkaziladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy Mudofaa Vazirligining ma’lum qilishicha, Turkiya va AQSh Mudofaa vazirliklari oʻrtasida F-35 bilan bogʻliq ixtilofni hal qilish va moliyaviy masalalarni muhokama qilish maqsadida bir necha oy ichida Vashingtonda ikkinchi yigʻilish oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

"Biz o‘z pozitsiyamizni ilgari surdik. Birinchidan, F-35 dasturiga qaytish, ikkinchidan, ajratilgan samolyotni yetkazib berish, agar bular amalga oshmasa, to‘lagan pulimizni qaytarib olish niyatimiz bor. Shu doirada muzokaralar olib borilmoqda”,-deyiladi Turkiya Milliy Mudofaa Vazirligi bayonotida.

 

Star gazetasi: “Eksportda yangi rekord” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Savdo vaziri Mehmet Mush oktyabr oyida eksport o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 20,2 foiz oshib, 20,8 milliard dollarni tashkil qilganligini ma’lum qildi.

“Ushbu ko’rsatgich bilan respublika tarixidagi eng yuqori oylik eksport ko’rsatgichi o'tgan oy yangilandi”,-dedi Mehmet Mush.

 

Xabar turk gazetasi: “Mamlakatimizda 60 million barrelga yaqin neft zaxirasi ta’minlandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do’nmez, “Qora dengizdagi tabiiy gaz kashfiyotimiz bilan bir qatorda, 2021-yilda quruqlikdagi 26 ta yangi kashfiyot bilan mamlakatimizga taxminan 60 million barrel neft zaxirasi olib kelindi”, dedi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiyada turizm daromadi 181 foizga oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Statistika tashkiloti tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko’ra, turizm daromadlari o’tgan yilning shu choragiga nisbatan 181,8 foiz ortib, iyul, avgust va sentyabr oylarining uchinchi choragida 11 milliard 395 million 117 ming dollarni tashkil etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar