Matbuot sharhlari  03.08.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1684475
Matbuot sharhlari  03.08.2021

 

Xabar turk gazetasi: “Erdo’g’an Tunisdagi barqarorlik mintaqa jihatidan o’ta muhim dedi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an mamlakatda parlament faoliyatlarini to’xtatgan Tunis prezidenti Kays Said bilan telefon orqali muloqot qildi.

Erdo’g’an suhbat chog’ida, Tunisdagi barqarorlik, ichki tinchlik va farovonlik mintaqa xalqlari kelajagi uchun o’ta muhim ekanligini ta’kidladi. Prezident shuningdek, Tunisda demokratiya o’rnatish, erkinlikni kafolat ostiga olish va huquqning ustunligini ta’minlash zarur ekanligini ma’lum qildi.

 

Vatan gazetasi: “Erdo’g’andan Milanovichga minnatdorlik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovich bilan telefon orqali muloqot qildi. Erdo’g’an suhbat davomida mamlakatda sodir bo’lgan o’rmon yong’inlariga qarshi kurashda Turkiyaga yaqindan yordam qo’lini uzatgan Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovichga minnatdorlik bildirdi. Erdo’g’an “Ittifoqdoshlik munosabatlari mana shunday qiyin kunda yana ham o’zgacha ma’no kasb etadi”,-dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Eksportda tarixiy rekord” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyada eksport hajmi joriy yilning yanvar-iyul oylari davomida 121 mlrd 4 mln dollarni tashkil qildi. Bu o’tgan yilning mos davriga nisbatan 35 foiz ko’p demakdir. Oxirgi 12 oylik eksport 201 mlrd 5 mln dollarga oshib, Respublika tarixida yangi rekord qo’lga kiritildi. Eksport bo’yicha ilk bor mamlakat tarixida 200 mlrd dollardan yuqori ko’rsatgich qo’lga kiritildi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turk olimlardan tarixiykashfiyot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, turk olim Robiya Tug’che Yazijigul endoskopik tashxis uchun yutiladigan no’xat kattaligidagi ichki organlarni tasvirlaydigan kapsula ixtiro qildi. Ushbu kashfiyot ichak kasalliklari va hazm qilish tizimi bo’yicha kasalliklarni aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, tibbiyotning bir qator yo’nalishida shifokorlarga qulaylik yaratadi. Kapsula yutilgandan keyin hazm qilish yo’lidan o’tayotganda kasallik alomatlarini aniqlab, uyali telefonga sms orqali ma’lumot yuboradi. Ushbu kapsula vositasida ko’plab kasalliklarga oldindan tashxis qo’yish mumkin bo’ladi.

 

Sabah gazetasi: “Voleybolda raqib jamoa Janubiy Koreya bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning ayollar bo’yicha milliy terma jamoasining Tokio Olimpiadalarida chorak finalda bellashadigan raqibi Janubiy Koreya bo’ldi. B guruhini uchinchi o’rinda yakunlagan Turkiya milliy terma jamoasi A guruhini 3-o’rinda yakunlagan Janubiy Koreya jamoasi bilan kuch sinashadi. Turkiya milliy terma jamoasining chorak finaldagi bahslari 4 avgust chorshanba kuni Turkiya vaqti bilan soat 03:00da boshlanadi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar