Matbuot sharhlari 22.06.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1662425
Matbuot sharhlari 22.06.2021

 

Sabah gazetasi: “Erdo’g’an vazirlar kengashi qarorini e’lon qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘an kecha bo’lib o’tgan vazirlar kengashi yig’ilishida olingan yangi qarorlarni e’lon qildi. Qarorga binoan, mamlakat miqyosida 1 iyuldan boshlab barcha cheklovlar bekor qilinadi. Erdo’g’an koronavirusga qarshi olib borilayotgan vaksinatsiya kampaniyasi haqida “Oxirgi bir haftada aholi soniga nisbatan dunyoda eng ko’p vaksina qo’llagan davlatga aylandik”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Germaniyaning Turkiya haqidagi bayonoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Germaniya TIV rahbari Heiko Mass Yevropa Ittifoqi bilan Turkiya o’rtasidagi migratsiya bo’yicha kelishuvni qayta shakllantirishni talab qildi. Mass Welt gazetasiga bergan intervyusida “Turkiya hukumati bilan mavjud bo’lgan barcha qiyinchiliklarga qaramay, ushbu davlat e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydigan darajada og’ir migratsiya yukini biz uchun zimmasiga olganligini tan olish kerak”,-dedi.

 

Star gazetasi: “Turkiya bilan hamkorlikka tayyormiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ukraina davlat kosmos agentligi rahbari Vladimir Taftay Turkiya bilan mudofaa sanoatida bo’lgani kabi kosmik sohada ham bir qator hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish mumkinligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Turkiya Ukraina uchun eng muhim hamkor hisoblanadi. Shu sababli ikki davlat hamkorlikni yanada kengaytirgan holda kosmik raketa yoki sun’iy yo’ldosh bo’yicha faoliyat yuritishi mumkin.

 

Vatan gazetasi: “Qurolli dengiz qurilmasi (SİDA) muntazam ishlab chiqariladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti huzuridagi mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demir dengiz mudofaasida muhim ro’l o’ynaydigan insonsiz boshqariladigan qurolli dengiz qurilmasini muntazam ishlab chiqarish yo’lga qo’yilishini ma’lum qildi. Kelgusida boshqa modellarni ham ishlab chiqish rejalanmoqda.

 

Xabar turk gazetasi:“Hakan Chalhanog’li Interga transfer bo’lmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Milan jamoasi bilan shartnoma muddati tugagan Turkiya milliy futbolchisi Hakan Chalhanog’li A seriyasining oxirgi chempioni Inter futbol klubi bilan shartnoma tuzdi. U tibbiy ko’rikdan o’tkazilgach, yangi jamoasi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekadi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar