Matbuot sharhlari 18.06.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1660357
Matbuot sharhlari 18.06.2021

 

Yeni shafak gazetasi: “Mintaqadagi siyosiy muammolarni hal qilishda diplomatik muloqotdan boshqa chora yo’q” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Antaliyada bo’lib o’tayotgan Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammitida so’zlagan nutqida, migratsiya masalasi va global xatar koronavirus pandeniyasiga qarshi kurash masalasiga e’tibor qaratdi.

“Mintaqadagi siyosiy muammolarni hal qilish uchun diplomatik muloqotdan boshqa yo’l yo’q deb o’ylayman. Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish jarayonini jadallashtirish ittifoqqa global miqyosda manfaat olib keladi”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Star gazetasi: “Ittifoq tarkibidagi barcha davlatlar Turkiyani qo’llab-quvvatlashi zarur” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Anqarada Germaniya mudogaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer bilan uchrashdi. Uchrashuvda Afg’onistondagi o’zgarishlar muhokama qilindi.

“Agar, Kobulda Turkiya zimmasiga muhim vazifa yuklatilsa, bundan faqat mamnun bo’lishimizni aytdim. Turkiyani ittifoqqa a’zo barcha mamlakatlar qo’llab-quvvatlashi kerak”,-dedi Hulusi Akar.

 

Sabah gazetasi: “Alok Sharma: Emina Erdo’g’anning sa’y-harakatlari juda muvaffaqiyatli” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o'zgarishi bo'yicha konferentsiyasi rahbari Alok Sharma tomonidan yozilgan maqolada, Turkiyada  iqlim o'zgarishiga qarshi olib borilayotgan faoliyatlar taqdirlandi.

“Turkiya prezidentining turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an tomonidan yo’lga qo’yilgan “nol chiqindi” safarbarligi doirasida o’rmonlarni muhofaza qilish va cho’lga aylanishini oldini olish bo’yicha rejalari juda muvaffaqiyatli”,-deyiladi maqolada.

 

Hurriyat gazetasi: “Fransiyadan Turkiya bo’yicha qaror” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Fransiya koronavirus epidemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida sayohat cheklovi joriy etilgan “qizil davlatlar” ro’yxatidan Turkiyani chiqardi. Endilikda, Turkiyadan Fransiyaga sayohat qiladigan yo’lovchilar uchun 10 kunlik majburiy karantin talabi bekor qilindi.

 

Vatan gazetasi: “THYdan yangi qaror” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk Havo Yo’llari bosh direktori Bilol Ekshi 18 iyundan boshlab barcha xorijiy yo’nalishdagi parvozlarda yegulik tortiq qilish boshlanishini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar