Matbuot sharhlari 01.03.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1592623
Matbuot sharhlari 01.03.2021

 

Hurriyat gazetasi: “Turizmda inglizlarga qulay imkoniyatlar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Britaniyada 17 maydan boshlab ingliz fuqarolarining xorijga erkin sayohat qilishiga ruxsat beriladi. Inglizlar Turkiyada dam olishni yaxshi ko’rishadi. Mug’laning Marmaris, Bodrum va Fethiye tumanlari ingliz sayyohlar eng gavjum bo’lgan turistik joylar hisoblanadi. Turizm agentliklari hozirdanoq Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya, Galler va Britaniyadagi xalqaro tur operatorlari bilan muloqotlarni boshladi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Pandemiya sharoitida faqat Turkiya va Xitoy rivojlandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, dunyoda global pandemiya o’sish tahminlarini tubdan o’zgartirdi. 3.5 va 4 foiz rivojlanishi kutilgan global iqtisodiyot 4.3 foizga toraydi. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar ishtirokidagi G-20 Katta yigirmatalik davlatlari orasida faqat Turkiya va Xitoyda iqtisodiy o’sish qayd etildi.

 

Star gazetasi: “Uchuvchisiz milliy qirg’in samolyoti ovoz tezligida uchadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, “Akinji” qurolli dronidan keyin Turkiyaga uchuvchisiz qirg’in samolyotlarni yetkazib berish asosiy maqsadi ekanligini tilga olgan Baykar kompaniyasi rahbari Haluk Bayraktar: “Uchuvchisiz qirg’in samolyotining dizayni ustida ishlayabmiz. Bu ovoz tezligida uchish qobiliyatiga ega bo’ladi”,-dedi.

 

Vatan gazetasi: “Hollywood yulduzlari Ayasofiyani ziyorat qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning Antaliya shahrida ingliz mahsuloti “Five Eyes” fil’mini tasvirga tushirish jarayoni ketmoqda. Fil’m rejissyori Guy Ritchie va fil’mda ro’l ijro etgan aktyorlar Istanbulga sayohat qildi. Ular Istanbulning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladilar. Ayniqsa, Ayasofiya va To’pkapi saroyi ularda katta taassurot qoldirdi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar