Matbuot sharhlari 31.12.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1555371
Matbuot sharhlari 31.12.2020

Haber Türk gazetasi: 2021 - yilda muloqat va diplomatiya oldinga orinda boladi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, 2020 - yil yakunida tashqi siyosatni baholash uchun uyushtirilgan yig‘ilishda “2021 - yilda muloqat va diplomatiya oldinga o‘rinda bo‘ladi”. - dedi. “Yumshoq kuchimizdan foydalanishni davom etamiz. Vaqti kelganida qattiq kuchimizdan foydalanishdan ham voz kechmaymiz”. - degan ifodalarga o‘rin bergan Chavusho‘g‘lu, terrorga qarshi kurashdagi qat’iy qarorlilikni ta’kidlar ekan ayni vaqtda pandemiyadan tug‘ilgan imkonlar doirasida iqtisodiy diplomatiyani ham davom ettirishlarini ifoda etdi.  

Yeni Şafak gazetasi: Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi vaksina dasturiga aniqlik kiritildi. Turkiyada Covid - 19 ga qarshi emlash dasturida Ilmiy kengash avvalom bor kimlarning emlanishini aniqlab oldi. Bunga ko‘ra avvalom bor tibbiy xodimlar va keksalar uyidagilar emlanadi. Emlash taqvimining jamiyatdagi immunitet nisbatining eng yuqori darajaga, eng qisqa vaqtda yetkazilishi asosida olib borilishi maqsad qilib olindi. Emlash ishlarining eng qisqa vaqtda tamomlanishi ham rejalashtirilmoqda.  

Star gazetasi: Anqara chaqiriqlarga quloq soldi. Siyosiy, iqtisodiyot va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan fond (SETA), “2021 - yilda Turkiya va Dunyo: Kutilganlar, xatolar va imkonlar” degan nom ostida panel uyushtirdi. Unda Turkiyaning Covid - 19 pandemiyasiga qarshi kurash jarayonini tashqi siyosatda a’lo darajada boshqargani qayd etildi. Ayniqsa, dunyoning qariyb 160 davlati va xalqaro aktyoriga shu asosda yuborgan insonparvarlik yordam dasturlari orqali Turkiyaning  yumshoq kuchining qanchalik mustahkam va barqaror ekanini yana bir bor butun dunyoga namoyon etgani bildirildi.

Hürriyet gazetasi: Türksat 5A sun’iy yoldoshi kelasi hafta uloqtiriladi. Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo‘g‘lu Turkiyaning beshinchi avlod Türksat 5A sun’iy yo‘ldoshi haqida muhim ma’lomot bo‘lishdi. Karaismailo‘g‘lu, “Dushanba kunini seshanba kuniga bog‘lagan kuni kechasi 5A sun’iy yo‘ldoshini kosmosga uchiramiz. Dasturni tayyorladik. Hayajonlimiz”. - dedi.

Vatan gazetasi: Turkiyaning yangi armiyasi, suruv IHA (Uchuvchisiz havo vositalari) dir. Turkiya suruv uchuvchisiz havo vositalari texnologiyasida ham test faoliyatlarini uzluksiz davom ettirmoqda. Bir vaqtning o‘zida o‘nlab uchuvchisiz havo vositasining birgalikda ko‘tarilib, bir - biri bilan koordinatsiya ichida amaliyot olib borgan loyihaning yaqinda harbiylar foydalanishiga topshirilishi kutilmoqda. Prezident Erdo‘g‘an tomonidna ham katta va muhim loyiha sifatida ta’kidlangan suruv IHA, ma’lum vazifani bajarish uchun hamkorlik qilgan ko‘plab IHAdan tashkil topgan. Sun’iy aql orqali nazorat qilingan ushbu vosita, GPS siz muhitda ham bemalol o‘z yo‘lini topishi mumkin.



Aloqador xabarlar