Matbuot sharhlari 11.11.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1525734
Matbuot sharhlari 11.11.2020

 

Xabar turk gazetasi: “Prezident Erdo’g’andan bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha poytaxt Anqaradagi Beshtepa millat kongressi va madaniyat markazida Otaturk madaniyat, til va tarix oliy kengashi tomonidan o’tkazilgan xotira marosimida ma’ruza qildi.

“Bugunga qadar bir qator sohada mamlakatimizni o’z maqsadiga erishtirganimizdek, iqtisodiyotda ham dunyoning ilk 10talik orasiga kirishi uchun bor kuchimiz bilan g’ayrat qilamiz. Bu ulug’ lider Mustafo Kamol Otaturkka buyuk tuhfa bo’ladi degan umiddaman!”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Hurriyat gazetasi: “Pashinyan oxiri taqdiriga tan berdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li kecha davlat tashrifi bilan Turkiyada bo’lib turgan Qirg’iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazarbayev bilan uchrashdi. Uchrashuvdan so’ng qo’shma matbuot anjumani o’tkazildi.

“Har safar sulh rejimini buzgan tomon Armaniston bo’ldi. Urush boshlagan tomon Armaniston bo’ldi. Biroq, eng og’ir yo’qotishga uchragan tomon ham Armaniston bo’ldi. Kecha 3 davlat o’rtasida sulh bitimi imzolandi”,-deb aytgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li matbuot anjumanida.

 

Vatan gazetasi: “Prezidentlik kotibi Ibrohim Kalindan Ozarbayjonga dalda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ibrohim Kalin Twitter’dagi rasmiy sahifasida Ozarbayjon bilan Armaniston o’rtasida imzolangan sulh bitimiga munosabat bildirdi.

“Qorabog’ endi ozod vatan. Qorabog’ Ozarbayjonniki. Turkiya abadiy Ozarbayjon bilan birga bo’ladi”,-deb yozdi Ibrohim Kalin.

 

Sabah gazetasi: “Hulusi Akardan Ozarbayjon haqida bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Ozarbayjon bilan Armaniston o’rtasida imzolangan sulh bitimiga munosabat bildirdi.

“Taxminan 30 yildan buyon ishg’ol ostida bo’lgan o’z hududlarini qaytarib olish va Armaniston zo’ravonligiga chek qo’yishga muvaffaq bo’lgan Ozarbayjonlik qardoshlarimizni buyuk g’alaba bilan tabriklayman! Imzolangan bitim majburiyatlarini bajarish, ishg’ol ostidagi hududlarni Ozarbayjonga qaytarib berish va mintaqada tinchlik va farovonlik o’rnatish yo’lida Ozarbayjonni qo’llab-quvvatlashda davom etamiz”,-dedi Hulusi Akar.

 

Star gazetasi: “Turkiyadan Xitoyga go’sht mahsulotlari eksport qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya qishloq-xo’jaligi va o’rmon vaziri Bekir Pakdemirli Turkiya go’sht mahsulotlariga Xitoy eshiklari ochilganligini ma’lum qildi. Pakdemirli 6 noyabrdan boshlab Xitoyga ilk bor go’sht mahsuloti eksporti boshlanganligini ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar