Matbuot sharhlari 09.11.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1524321
Matbuot sharhlari 09.11.2020

 

Yeni shafak gazetasi: “Ozarbayjonlik qardoshlarimiz sabr qildilar va g’alabaga erishdilar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an hukmron Ak partiya kongressida so’zlagan nutqida, Ozarbayjon xalqini Shushani Armaniston ishg’olidan ozod qilganligi munosabati bilan tabrikladi.

“30 yildan buyon Minsk guruhi tomonidan suiste’mol qilinib kelingan, aldangan va muzokaralarda biron natija olinishini 30 yildan beri kutayotgan Ozarbayjon xalqi sabr qildi va g’alabaga erishdi”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Sabah gazetasi: “Dunyo nigohi Turkiyada bo’ladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya mudofaa sanoati dunyoda pandemiya tufayli xalqaro yarmarkalar cheklangan bir paytda uch o'lchovli virtual XperExpo yarmarkasini tashkil qildi. Bugun online shaklda boshlanadigan yarmarka 2021 yil 9 aprelga qadar davom etadi. Online yarmarkada Turkiya mudofaa sanoatidagi milliy loyihalar va  ishlab chiqarilgan yangi ilg’or texnologiya mahsulotlarini tomosha qilish mumkin.

 

Xabar turk gazetasi: “Bolqon davlatlariga 10 oyda 10 mlrd dollarlik eksport” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiyadan Bolqon davlatlariga joriy yilning 10 oyi mobaynida 10 mlrd 213 mln dollar qiymatida eksport amalga oshirildi. Bolqon davlatlariga eksport ro’yxatida Ruminiya yetakchilik qilmoqda. Joriy yilda Turkiyadan Ruminiyaga 3 mlrd 47 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi.

 

Star gazetasi: “Dunyoning sanoqli davlatlaridan birimiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya qidiruv-qutqaruv jamg’armasi boshqaruv kengashi direktori Rajap Shalji Turkiya favqulodda holatlarda qidiruv-qutqaruv faoliyatlari bo’yicha dunyoda sanoqli davlatlardan biri ekanligini ma’lum qildi.

“Turkiya qidiruv-qutqaruv bo’yicha kuchli davlat. O’ta mashaqqatli holatlarni boshqarish qudratiga ega. Qidiruv-qutqaruv jihatidan dunyodagi bir qator davlatlar Turkiya tajribasidan va texnologiyasidan o’rnak olmoqda. Xorijda biz bilan hamkorlik qilishmoqchi. Bu ham bo’lsa Turkiyaning kuchini ko’rsatadi”,-deb aytgan Rajap Shalji.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar