Matbuot sharhlari 01.10.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1500829
Matbuot sharhlari 01.10.2020

 

Vatan gazetasi: "Prezident Erdo’g’andan Yevroittifoq yetakchilariga maktub” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yevroittifoq yetakchilariga va ittifoqqa a’zo davlatlarning rahbarlariga maktub yo’lladi. Prezident o’z maktubida Turkiyaning sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolarga munosabatini va masalani hal qilish uchun bir qator takliflarini ilgari surdi.

 

Hurriyat gazetasi: “Ozarbayjon xohlasa yordam berishga tayyormiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li: “Ozarbayjon jang maydonida bosib olingan tuproqlarini ozod qilmoqchi bo’lsa, biz yordamga tayyormiz. Lekin, shuni guvohi bo’lib turibmizki, Ozarbayjon yetarli qudratga ega”,-dedi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya milliy mudofaa vazirligidan bayonot: Armaniston yolg’on ifoda bermoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vazirligi Armaniston turk samolyot va qurolli dronlarni urib tushirganiga doir yolg’on xabar tarqatganligini ma’lum qildi.

“Bular Armanistonga qarshi Turkiya jangga kirdi degan tushuncha paydo qilib, atrofiga tashqi kuchlarni yig’ish maqsadida rejalangan propogandadir”,-deyiladi bayonotda.

 

Star gazetasi: “Turkiya aviatsiya sohasida dunyoning ilg’or davlatlari qatoridan joy oldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya transport va poydevor vaziri Odil Karaismailog’li Turkiya aviatsiya sohasida dunyoning eng ilg’or davlatlaridan biriga aylanganligini ma’lum qildi.

“2003 yili 26 nafarni tashkil qilgan aeroportlarimiz soni bugungi kunga kelib 56 nafarga yetdi. Xorijiy yo’nalishdagi parvozlarni 50 davlatdan  127 davlatga chiqardik va 329 shaharga parvozlar amalga oshirilmoqda. Ushbu investitsiyalar bilan hajmimiz 2.2 mlrd dolardan 27.2 mlrd dollarga chiqdi”,-deb aytgan Turkiya transport va poydevor vaziri.

 

Xabar turk gazetasi: “Denizlida 9 mln yil avvalgiga oid fil suyaklari topildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Denizli shahrida olib borilayotgan qazilma faoliyatlarida 9 mln yil avvalgiga oid fil suyagi topildi. Qolaversa, ayni hududda tumshuqli sut emizuvchilarning qoldiqlari ham topilgan.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar