Matbuot sharhlari 29.09.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1499412
Matbuot sharhlari 29.09.2020

 

Star gazetasi: “Turkiya Oliy majlisidagi 4 nafar partiyadan Armanistonga qarshi qo’shma dekloratsiya” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning Adolat va Taraqqiyot partiyasi, Jumhuriyat xalq partiyasi, Milliyatchi harakat partiyasi va Yaxshi partiya Armanistonni 28 sentyabrda Tog’li Qorabog’da Ozarbayjon aholi punktlarini nishonga olganligi munosabati bilan keskin qoralab, qo’shma dekloratsiya e’lon qildi.

“Biz xalqaro huquq asosida, o’zini mudofaa qilish huquqi doirasida xalqini himoya qilish va hududiy yaxlitligini saqlab qolish maqsadida jangovar harakatlarga javob bergan Ozarbayjonni qo’llab-quvvatlaymiz”,-deyiladi dekloratsiyada.

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g’an: Armaniston ishg’ol qilgan hududlarni tark etishi kerak” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Armaniston ishg’ol qilgan Ozarbayjon hududlarini darhol tark etishi kerakligi, shu bilan mintaqada Tog’li Qorabog’ ishg’oli tufayli boshlangan notinchlikka yakun yasash vaqti yetib kelganligini ma’lum qildi.

AQSh, Rossiya va Fransiyadan tashkil topgan “Minsk uchligi” 30 yildan buyon bu masalaga yechim topa olmaganligini va buni paysalga solganligini tilga olgan Erdo’g’an: “Ozarbayjon “Endi chora ko’rish vaqti yetib keldi” degan holda bu masalani o’zi mustaqil hal qilishga majbur bo’ldi”,-dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiyaning qurolli dronlari Liviya va Suriyadan keyin Tog’li Qorabog’da xizmat qilmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Liviya va Suriyadagi urushda qo’llanilgan Turkiyaning qurolli uchuvchisiz havo vositalari (SIHA) bu safar Ozarbayjon chegara zonasiga hujum qilgan Armaniston qo’shiniga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etmoqda. Ushbu qurolli dronlar Tog’li Qorabog’dagi to’qnashuvlarda bir kunda 22ta zirhli texnika vositalari va 15dan ortiq zenit-raketa majmualarini yo’q qildi. Mutahassislar buni yangi davrning boshlanishi deb baholamoqda.

 

Xabar turk gazetasi: “Armanistondan e’tirof: Barcha pozitsiyalarni qo’ldan boy berdik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ozarbayjon-Armaniston chegara zonasida jangovar harakatlar davom etar ekan, Ozarbayjon armiyasi ishg’ol qilingan hududlari tomon kirib borayotgani ma’lum qilindi. Armaniston tomonidan ishg’ol qilingan Tog’li Qorabog’ yetakchisi Arayik Xarutyunyan mag’lubiyatini e’tirof etdi.

“Tog’li Qorabog’ janubidagi barcha pozitsiyalarimizni qo’ldan boy berdik. O’nlab qurbonlar bor”,-deb aytgan u o’z bayonotida.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar