Matbuot sharhlari 25.09.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1497220
Matbuot sharhlari 25.09.2020

 

Vatan gazetasi: "Xavfsizlik kengashi yig’ilishida Sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar muhokama qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida 24 sentyabr kuni Xavfsizlik kengashining mamlakat tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy natijalari va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig’ilish yakuniga ko’ra, imzolangan dekloratsiyada sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolarga o’rin berildi.

Turk xalqi o’tmishda bo’lganidek, bugungi kunda ham quruqlik, dengiz va havodagi manfaatlarini himoya qilish xususida qat’iy irodaga ega”,-deyiladi dekloratsiya matnida.

 

Star gazetasi: "Turkiya qurolli kuchlari koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyati bilan dunyoning eng yaxshi armiyasi deb topildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya qurolli kuchlari armiya safida koronavirusga chalinish holatining kamligi va pandemiyaga qarshi olgan o’ta qattiq chora-tadbirlar bo’yicha muvaffaqiyati bilan AQSh, Rossiya, Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniya kabi bir qator mamlakatlarni ortda qoldirdi.

 

Xabar turk gazetasi: “Gaziantepda Teknofest hayajoni” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning Gaziantep shahrida “TEKNOFEST-2020” festivali boshlandi. Mazkur tadbir Turkiya sanoat va texnologiyalar vazirligi bilan Turkiya texnologiya jamg’armasi tomonidan hamkorlikda tashkil etildi. Festival ochilishida ishtirok etgan Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank bu yil uchinchi marta o’tkazilayotgan festivalga 100 mingdan ortiq murojaat qabul qilinganligini ijobiy baholadi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiyadan muhim hamla! 30 noyabrda kosmosga uchiriladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, sun’iy yo’ldoshga ega bo’lgan 30 davlat qatoridan joy olgan Turkiya 5-avlod xabarlashuv sun’iy yo’ldoshi Turksat-5A shu yilning 30 noyabr kuni kosmosga uchiriladi. Turkiya fazo texnologiyalari bo’yicha Osiyo, Turkiy Respublikalar, Xitoy, Afrika va Yevropani o’z ichiga oladigan katta geografiyaga xizmat beradi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar