Matbuot sharhlari 07.09.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1486206
Matbuot sharhlari 07.09.2020

 

Sabah gazetasi: "Erdo’g’an bilan Sarroj Liviya taqdirini muhokama qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Liviya milliy kelishuv hukumati rahbari Fayoz as-Sarrojni qabul qildi. Qabul chog’ida ikki tomonlama munosabatlar, Liviyadagi o’zgarishlar va ahamiyatga molik dolzarb mintaqaviy masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvda Turkiya Liviya hukumati bilan hamkorlikni davom ettirishi qayd etildi.

 

Vatan gazetasi: "Milliy mudofaa vazirligi bayonoti: “Hech qanday qaroqchilikka yo’l qo’ymaymiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vazirligi sharqiy O’rta yer dengizidagi shelfida seysmologik faoliyatlarni davom ettirayotgan “Oruch Reis” kemasini qo’riqlash va kuzatib borish vazifasi qat’iylik bilan olib borilayotganligi, mintaqada hech qanday qonunbuzarlikka va qaroqchilikka yo’l qo’yilmasligini ma’lum qildi.

 

Star gazetasi: "Tashqi ishlar vazirligidan Kosovaga e’tiroz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vazirligi Kosovaning Al-Qudsda o’z elchixonasini ochishiga munosabat bildirdi.

“Xalqaro huquqqa hilof bo’lgan ushbu tashabbus Kosova hukumatiga nisbatan umidlarimizni puchga chiqardi”,-deyiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Bunday tashabbus Al-Qudsning tarixiy va huquqiy statusiga zarar beradi va Kosovaning boshqa davlatlar tomonidan tan olinishiga to’sqinlik qiladi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya bor ma’danidan litiy ishlab chiqaradi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, kosmos vositalari, atom stansiyalari, uyali telefonlar va tokli avtomobillar uchun zarur bo’lgan batareyalarni ishlab chiqarishda ishlatilgan litiy moddasi Yevroittifoq tomonidan “strategik mahsulot” ro’yxatiga kiritildi. Litiy zaxirasiga ega bo’lmagan Turkiya, bor ishlab chiqarar ekan, hosil bo’lgan suvdan litiy ishlab chiqargan holda katta ixtironi o’ylab topishga muvaffaq bo’ldi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar