Matbuot sharhlari 23.06.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1441412
Matbuot sharhlari 23.06.2020

 

 

Star gazetasi: “Turkiyaning taklifi qabul qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya, Qatar, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Iordaniya, Quvayt, Marokash va Gollandiya tomonidan kiritilgan Suriyadagi inson huquqlari bilan bog’liq taklif BMT Inson huquqlari kengashida qabul qilindi. Ushbu taklif 27 ovoz bilan qabul qilindi.

 

Xabar turk gazetasi: “Vazir Albayrak: Turk iqtisodiyotidagi o’sish taxminlardan yuqori” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Hazina va moliya vaziri Berat Albayrak Turkiyada iste’molchilar ishonch indeksining iyunda 5.2 foizga o’sish ko’rsatgichiga munosabat bildirdi.

“Normal hayotga qaytish jarayonida iqtisodiyotimiz jahon iqtisodiyotiga nisbatan yana-da tezroq izga tushmoqda. Iyun oyida iste’molchilar ishonch indeksidagi yuqori ko’rsatgich iqtisodiyotimizdagi ijobiy o’sish darajasini aks ettiradi”,-deb aytgan vazir Albayrak.

 

Hurriyat gazetasi: “Mudofaa eksportida imzolar chekildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya bilan Pokiston o’rtasida mudofaa bo’yicha eng yirik milliy kema eksport loyihasi bilan bog’liq hamkorlik shartnomasi izmolandi. Pokiston dengiz kuchlari uchun ishlab chiqariladigan harbiy kemalar Turkiya sanoati va muhandislik qobiliyatining ustunligini ko’rsatish jihatidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Sabah gazetasi: “Dunyo lol qoldi. Ozarbayjon Turkiyadan qurolli uchuvchisiz havo vositasi xarid qiladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya mudofaa sanoati bo’yicha amalga oshirayotgan katta tashabbuslari bilan dunyoda ilg’or davlatlar qatoridan joy oldi. Nafaqat terrorizmga qarshi kurashda, balki Suriya va Liviyadagi harbiy amaliyotlarda ustun xizmat ko’rsatgan qurolli uchuvchisiz havo vositalari (SİHA) – qurolli dronlarga bo’lgan talab kundan kunga ortmoqda. Shu kunlarda  qardosh Ozarbayjon Turkiyadan qurolli uchuvchisiz havo vositalari xarid qilishini ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar