Matbuot sharhlari  11.05.2020

Hurriyat, "Erdo’g'an, Turkiya salomatlik markazi bo'ladi" dedi.

1414822
Matbuot sharhlari  11.05.2020

 

Hurriyat "Erdo’g'an, Turkiya salomatlik markazi bo'ladi" dedi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g'an, Sanjaktepe shahridagi kasalxonalar bayramning oxirigacha (26 may)da ochilishini bildirdi. Salomatlik turizmini rag'batlantirish uchun epidemiya kasalxonalaridan foydalanishlarini ta'kidlagan Erdo’g'an, "Chet ellik bemorlar AQShning Klivlend shahriga jo'nab ketishadi. Ular bundan buyon İstanbulga kelishadi" dedi. Erdo’g'an, Turkiya salomatlik markazi  bo’ladi deya qayd etdi.

Yeni Shafak: "Erdo’g'an:  Kovid- 19ni Dunyo mamlakatlaridan oldin  yengamiz" dedi.

Prezident Rajap  Tayyip Erdo’g'an, Turkiya, rivojlangan davlatlar hatto chorasiz qolgan (Kovid-19) epidemiyasi   jarayonida  o’z ehtiyojlarini qondirish bilan birgalikda boshqa mamlakatlarga ham   tibbiy yordam  yetkazib berganini aytdi. Erdo’g'an, fuqarolar bilan birgalikda tadbirlar rioya qilsak Turkiya dunyodan oldin Kovid-19ni bartaraf etishiga ishonchim komil dedi.

Star : "Mahalliy dori  TR-C 19" ommaviy ishlab chiqarishga o'tmoqda

Dunyoni larzaga solishda davom etayotgan kovid-19ga qarshi  ta’sirli bo'ladigan TR-C 19 nomidagi dori, Ko’ngilli bemor ustida klinik faoliyatlari  qisqa vaqt ichida boshlaydi. Laboratoriya muhitida virusni zararsizlashtirgani  isbotlandi.  Dorini ommaviy ishlab chiqarish Turkiya ilmiy va texnologkik  tadqiqotlar kengashi (TUBITAK)ning İstanbuldagi muassasasida amalga oshiriladi.

Haber Turk: "Turizm Turkiyada may oxirida boshlanadi"

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso’y, Turkiyaning turizm yo'l xaritasini e’lon qildi. Shunga ko'ra, ichki turizm may oyining oxirida, iyun oyidan keyin esa xorijiy turizm boshlanadi. Barcha mahalliy va xorijiy sayyohlar 2-3 daqiqada havo va chegara darvozalarida  testdan o'tkaziladi. Mehmonxonalar va restoranlarda stollar orasidagi masofa bir yarim metr,  kursilar orasidagi masofa esa 60 santimetrni tashkil qiladi. Har tomonlama qamrab oluvchi tizim davom etadi. Bufetlar olib tashlanmaydi, faqat taqdimot tizimi o'zgaradi.

Vatan: "Sabiha Go’kchen aeroporti  qaytadan parvozlarga boshlaydi"

Istanbul Sabiha Go’kchen xalqaro aeroporti kovid-19 avj olganligi sababli ko'rilgan choralar doirasida 28 mart kuni vaqtincha xizmatni to'xtatgandan so'ng, 28 may kuni yana eshiklarini ochishga tayyorlanmoqda. Kiritilgan yangi qoidalarga ko'ra, terminal binosi ichiga niqobsiz yo'lovchilarni kiritish taqiqlanadi. Yo'lovchilarning qarindoshlari terminalga kira olmaydilar. Samolyotda faqat bolalarni parvarishlash vositalari, noutbuk va ayollar sumkalarini  yonlariga olishlari  mumkin. Samolyotda odekolon va dezinfektsiyalash vositasi kabi suyuqliklarga ruxsat berilmaydi.

 


Tanlangan kalimalar: #Yangiliklar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar