Matbuot sharhlari 06.05.2020

Turkiyada nashr qilingan gazetalardan sharhlar...

1411847
Matbuot sharhlari 06.05.2020

 

Xabar Turk gazetasi: “Turkiya tezlik bilan normal hayotga qaytmoqda”

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an COVID-19 pandemiyasi rivojlangan davlatlarning salomatlik tizimi, iqtisodiyoti va ijtimoiy poydevoriunchalik kuchli va chidamli emasligini ko’rsatganligini ma’lum qildi.

Turkiya bu jihatdan ba’zi rivojlangan davlatlardan ham yaxshiroq vaziyatda ekanligini tilga olgan Erdo’g’an: “Pandemiyani bartaraf etishdagi tajribalarimizni yana ham kattaroq muvaffaqiyatlarga aylantiramiz”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Jahon matbuoti Turkiyadan o’rnak oldi”

Bir qator Yevropa davlatlari COVID-19 pandemiyasiga qarshi chora ko’rishga ojizlik qilar ekan, Turkiyaning bugungi vaziyati jahon matbuotida o’rnak qilib ko’rsatilmoqda. Fransiya xabar agentligi Agence France Presse (AFP) va CNN vakillari Turkiyaga kelib epidemiyaga qarshi olinayotgan chora-tadbirlar va cheklovlar natijasi bilan tanishdi. Ular ayniqsa, Turkiyadagi kasallikka tashxis qo’yish bo’yicha faoliyatlarga lol qoldilar.

 

Star gazetasi:“Turkiya ijobiy o’rnak”

Shimoliy Makedoniyaning sobiq sog’liqni saqlash vaziri professor Dragan Danilovskiy Turkiya COVID-19ga qarshi kurashni muvaffaqiyatli olib borayotganligini va barchaga yaxshi o’rnak bo’layotganligini aytdi. U aholi soni ko’p bo’lgan davlatlar qatorida bo’lgan Turkiya epidemiya tarqala boshlagandan buyon kuchli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, ijobiy natijaga erishganligini ma’lum qildi.

 

Vatan gazetasi: “Turkiya global kompaniyalarning ishlab chiqarish markaziga aylanishi mumkin”

Turkiya Sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank 11 maydan e’tiboran Turkiyada barcha avtomobil zavodlari takror o’z faoliyatini boshlashini ma’lum qildi. Xitoyda ishlab chiqarish bo’yicha yuzaga kelgan kamchiliklar global kompaniyalarni boshqa davlatlarga yo’nalishiga olib kelganligini aytgan vazir Varank, Turkiya juda osonlik bilan xalqaro kompaniyalarning ishlab chiqarish markaziga aylanishi mumkinligini ta’kidladi.

 

Sabah gazetasi: “Sabiha Go’kchen aeroportida kargo samolyotlari parvozi boshlandi”

Koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida vaqtinchalik o’z faoliyatini to’xtatgan Istanbuldagi Sabiha Go’kchen aeroportida takror kargo samolyotlari parvozi boshlandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar